London va Milanda derbi, "Barsa" "Kamp Nou"ga qaytmoqda. Hafta öyinlari anonsi
|20:30 / 22.11.20254 84517 min
Nihoyat terma jamoalar bilan boğliq sönggi tanaffus ham tugadi va endi şu bilan mart oyigaça tinimsiz klublar futbolidan bahramand bölişimiz mumkin. Pep Gvardiola aytganidek, mavsum endi boşlanmoqda. Pepning özini qiyin safar kutib turgan bölsa, Şimoliy Londonda va Milanda qiziqarli derbilar bizni kutib turibdi. “Kamp Nou” esa uzoq tanaffusdan söng yana futbol öyinlari uçun tayyor.
Ispaniyada nafaqat “Barselona” va “Real” töqnaşuvi, balkim “Atletik”ning uşbu grandlarga qarşi öyinlari ham “Klasiko” deb ataladi. Çunki şu ikki jamoadan taşqari aynan bilbaoliklar Ispaniya çempionati tarixida biror marta ham quyi ligadan pastga tuşib ketişmagan.
Aslida raqib kim bölişidan qat’i nazar bugungi öyin barçaning e’tiborini bölişi aniq edi, zero ikki yarim yillik tanaffusdan söng nihoyat “Barselona” öz uyiga – “Kamp Nou”ga qaytmoqda. Töğri, hozirça faqat 1V litsenziyasi olingan, ya’ni maksimum 45 ming muxlis stadiondan jonli kuzatişi mumkin, lekin bu ham katta gap. Lamin Yamal bu stadionda atigi ön daqiqa öynagani, Kubarsi, Fermin kabi bugungi kun yulduzlari uçun esa debyut bölişi mumkinligini inobatga olsak, oradan qança uzoq vaqt keçgani oydinlaşadi. “Kamp Nou”da bugun öziga xos bayram bölsa kerak.
Albatta, “Atletik” bayram uçun mos raqib bölsa-da, kayfiyatni buzişga ham qodir. Jamoa ötgan yildagi kabi barqaror körinmayotgan bölsa-da, jamoa pressingi va tezkor qarşi hujumlari joyida. Niko Uilyams kabi mahoratli yulduzlari ham bor. Sönggi paytlarda har qanday jamoa “Barselona”ni yuqori himoya çiziği uçun jazolaş imkoniyatiga ega bölayotgan ekan, “Atletik” bundan juda unumli foydalanişi mumkin. Valverde şogirdlarining La Ligada oxirgi ikki, hammasi bölib esa uç öyindan beri mağlubiyatga uçrayotgani esa ularni “Kamp Nou”da yanada xavfliroq raqibga aylantirişi mumkin. Odatda terma jamoalar bilan boğliq tanaffuslar top-jamoalarga köproq ta’sir körsatişi, tanaffusdan keyingi öyin köpinça muvaffaqiyatsiz keçişi an’anaga aylangan.
Tarkiblarga keladigan bölsak, sönggi öyinda “Barselona”da Levandovski va Olmolarning qaytganini körgandik. Rafinya ham tiklangani haqida ma’lumotlar bor. Ammo Markus Reşford kiçik jarohat olgan va bugun maydonga tuşa olmasligi mumkin. Şuningdek, mezbonlar tarkibida maydon markazida muammolar paydo böliş ehtimoli katta. Pedri ança avvalroq safdan çiqqan bölsa, Frenki de Yong “Selta”ga qarşi uçraşuvning sönggi daqiqalarida maydondan çetlatilgandi. U diskvalifikatsiya tufayli öyinni ötkazib yuboradi. Mehmonlar safida esa Inyaki Uilyamsning maydonga tuşişi söroq ostida. Şuningdek, Sannadi, Prados va Eguilizlarda jarohat bor.
Qiziq fakt. “Atletik” La Ligada “Barselona” ustidan oxirgi marta 2013 yilda ğalaba qozongan. Göyoki kataloniyaliklar uçun qulay raqib, töğrimi? Lekin mana şu oraliqda “Atletik” Ispaniya kubogi, Superkubok kabi turnirlarda 6 marta “Barselona”ni yengib musobaqalardan çiqarib yuborgan.
NYuKASL – MANÇeSTeR SITI (22 noyabr, 22:30)
Mavzuga oid
“Mançester Siti”da barça musobaqalarda oxirgi 14 öyinda atigi bitta mağlubiyat bor. “Aston Villa” maydonidagi mağlubiyatdan söng “Mançester Siti” qatorasiga tört öyinda ğalaba qozondi va har bir uçraşuvda kamida 3 gol urişni uddaladi. “Bornmut”, “Liverpul”, “Borussiya” kabi kuçli raqiblarga qarşi biz Pepning eski jamoalarini körgandek böldik. Hujumkor va tezkor öyin, juda köp kreativ harakatlar va driblinglar. Jamoa öz öyinini topgandek va agar Pep Gvardiola jamoasi öz öyinini topsa, nima bölişini yaxşi bilasiz. Ayni paytda APL uçun “Arsenal”ga raqobat qila olişi mumkin bölgan asosiy jamoa sifatida ham endi aynan “Mançester Siti” tilga olinmoqda.
Albatta, “Arsenal”ga raqobat qiliş uçun deyarli yöqotişsiz boriş kerak, “Nyukasl” esa har qanday seriya uçun eng noqulay raqib hisoblanadi. Eddi Xau şogirdlari hozirça çempionatda ança pastki örinlarda borib, beqaror natijalar körsatayotgan bölsa-da, jamoa öz joyida, ayniqsa katta öyinlarda buni köriş mumkin. “Liverpul”, “Arsenal” va “Barselona”ga qarşi öyinlarni eslasangiz, “Nyukasl” juda munosib köringan, sönggi daqiqalargaça tengma-teng kuraşişni uddalagandi. “Mançester Siti”ga qarşi, ayniqsa öz maydonida jamoa bor imkoniyatini işga solişi kerak. Bu stadionda ötgan oxirgi tört öyinidan Gvardiola faqat bir marta 3 oçko olib ketganini eslaş kifoya. Ötgan mavsumdagi uçraşuv esa 1:1 hisobida durang bilan yakunlangandi. Umuman olganda ham, “Nyukasl” uy va safarda yaqqol farqli öynaydigan jamoa sanaladi – raqamlar ham buni isbotlaydi. Jamoa “Sent Jyeyms Park”da har öyinda örtaça 3.2 ta xavfli vaziyat yaratsa, safarda bu körsatkiç – 0.7. Şunçaki, jamoa pastki örinlarda borayotgani sababi, uyda “Arsenal”, “Liverpul” kabi kuçli raqiblarga duç kelganidir.
Qiziq tomoni, Xau va Pepning özaro dueli. Gvardiola heç qaysi murabbiyni Xau qadar yakson etmagan – 15 ğalaba, ikki durang va bitta mağlubiyat. Töplar nisbati 73-11.
Tarkiblarga töxtaladigan bölsak, mezbonlar safida Dan Byornning diskvalifikatsiyaga uçragani eng katta yöqotiş bölsa kerak. Ayniqsa standart vaziyatlarda u “Nyukasl”ning eng xavfli qurollaridan biri edi. Şuningdek, zaxiradan jamoani kuçaytirişi mumkin bölgan Osulada ham kiçik jarohat bor. Vissa hali transfer qilinganidan beri öynay olgani yöq, Livremento esa maşğulotlarga qaytgani aytilayotgan bölsa-da, töliq harakat qiliş uçun yetarli sport formasiga kirmagan. Pep Gvardiola Rodri va Kovaçiçning xizmatlaridan foydalana olmaydi.
Albatta, biz uçun Abduqodir Husanovning holati ham muhim. Esingizda bölsa, u Mançesterga transfer qilinganidan söng özining ilk töliq uçraşuvini aynan “Nyukasl”ga (4:0) qarşi ötkazgan va juda muvaffaqiyatli harakat qilgandi. Öşa bahsdan keyin u qatorasiga 6 öyinda asosiy tarkibda tuşirilgan. Ammo hozirda hamyurtimiz markaziy himoyada Gvardiol va Diaşga, öng qanotda esa Nuneşga raqobatni boy bermoqda. Balkim Nyukaslda ança jismoniy kuraşlar va tezlik köproq kerak bölişini inobatga olib, Pep Husanovni imkoniyat berişi ham mumkin. Afsuski sönggi paytlarda Pep avvalgidek rotatsiya qilmayapti, asosan bir tarkib bilan öz öyinini topişga urinmoqda.
ARSeNAL – TOTTeNHEM (23 noyabr, 21:30)
Sönggi ikki yilni “Tottenhem” jarohatlar girdobida ötkazdi. Bunga asosiy sabab sifatida Posteköğluning köp enegriya sarf qiladigan uslubi aytilardi, ammo u ketganidan keyin ham bu epidemiya davom etmoqda. Tomas Frank Brentfordda nisbatan ança qisqa tarkib bilan öynab kelgan, ya’ni odatda köp jarohatlarga töqnaş kelmagan. Demak gap faqat murabbiylar va ularning uslubida emas, klubda yanada çuqurroq muammo bor. Meddison va Kuluşevski haqida har hafta aytib örganib qoldik, umuman hali bu futbolçilar Frank qöl ostida öynaşmadi ham. Lekin ularsiz ham ayni paytda “Tottenhem”da 7 nafar futbolçi jarohatlangan. Grey, Devis, Takai, Bergval, Draguşin, Bissuma, Solanke derbida şeriklariga yordam bera olişmaydi.
“Arsenal” ham jarohatlardan jabr çekişga örganib qolgan. Farqli tomoni, bu safar yozda klub tarkibni ança kengaytirdi, bir qator teng kuçli, yuqori saviyadagi transferlarni amalga oşirdi. Avvalgi yillarda Saka, Edegor, Saliba kabi futbolçilarning jarohati çempionlik poygasiga ham, jamoa öyini sifati va natijalarga jiddiy ta’sir körsatgan bölsa, hozirça, “Arsenal” bu mavsumda bunday muammolarni oson yengib ötyapti. Martinelli, Trossar, Eze, Madueke, Merino kabi futbolçilar navbati bilan jarohatlanganlar örnini töldirib turişdi. Hatto Salibaning bir muddat safdan çiqişi ham sezilmadi. Ammo bu safargi yöqotiş yanada jiddiy – Gabriyel terma jamoa yiğinlarida jarohat oldi va qisqa muddat jamoaga yordam bera olmaydi. Braziliyalik himoyaçi Saliba bilan kuçli tandem taşkil qilganidan taşqari, hujumda, standart vaziyatlarda ança foydali edi. Şu mavsumning özida gol+pas böyiça 3 ballni qölga kiritişga ulgurgan. Salibadan taşqari “töpçilar” safida Jyezus, Martinelli, Xavers va Maduekelar ham öynay olişmaydi. Viktor Gyokereşning tuşişi ham söroq ostida.
Özaro öyinlarga kelsak, “Tottenhem” APL doirasida 6 öyindan beri raqibini yenga olmayapti. Ötgan mavsumda har ikki uçraşuv ham minimal hisobda Arteta şogirdlarining ğalabasi bilan tugagan. APL da safardagi sönggi ğalabani esa “Tottenhem” 15 yil oldin qölga kiritgan. Öşanda mehmonlar tarkibida gollarni Garet Beyl, Rafayel van der Vaartlarning urgani ham voqea qançalik eski ekanini bilsa böladi. Töğri, keyinroq ham “Tottenhem”ning ğalabasi bor – 2018 yilda jamoa “Emireyts”da 2:0 hisobida ğalaba qozonib, “Arsenal”ni Liga kubogidan çiqarib yuborgandi.
“Tottenhem”ni kelasi hafta yana bir qiyin safar kutib turibdi – Çempionlar Ligasida “PSJ”ga qarşi öyin. “Arsenal”ga ham oson emas, “Bavariya”ni qabul qiladi. Keyin esa “Çelsi”ga qarşi yana bir derbi bor. Xullas, Arteta uçun juda muhim kunlar boşlanmoqda. “Sanderlend”dagi durang tasodif ekanini körsatiş şart, aks holda “Mançester Siti” “qon xidini” sezib qoladi va uyoği qanday tugaşini bilamiz.
INTeR – MILAN (24 noyabrga ötar keçasi, 00:45)
Italiyada nafaqat turning, balki mavsumning markaziy öyinlaridan biri – Milan derbisi. “Inter” haliyam salohiyat borasida “A Seriya”ning eng kuçli klubi bölib qolmoqda, buni biz Yevropadagi natijalardan ham körib turibmiz. Töğri, mavsum ikki mağlubiyat bilan boşlangandi, lekin keyinçalik jamoa özini önglab oldi, ayniqsa, hujumdagi körsatkiçlar e’tiborga molik. “Inter” 11 uçraşuvda 26 gol urişga erişdi – bu boradagi ikkinçi körsatkiç egasi bölgan “Milan”da 9 taga kamroq.
“Milan” esa boşqa tomondan favorit – uşbu mavsumda Allegri jamoasi heç qanday yevrokuboklarda iştirok etmayapti. Bu juda samarali ustunlik bera olişini ötgan mavsum ham isbotladi. “Napoli” tarkib jihatidan u qadar kuçli körinmagan bölsa-da, aynan yevrokuboklarsiz, haftada bir uçraşuv rejimida bahorga tetikroq yetib bordi. Allegri ham qaysidir ma’noda Kontening izdoşi hisoblanadi, tabiiyki, bu ustunlikdan örinli foydalana oladi. Ayni paytda “Milan”ning tarkibi “Napoli” va “Inter”ga nisbatan soddaroq körinayotgan bölişi mumkin, lekin jamoa öz sport formasini yaxşiroq uşlab turiş imkoniyati köproq böladi.
Ayni paytda “Inter” 24 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda, “Milan”da esa atigi ikki oçkoga kam xolos. Demak derbidagi ğalaba “qizil-qora”larga turnir jadvalini boşqariş imkoniyatini berişi mumkin. Yana bir favorit “Roma” esa “Kramoneze” mehmoni böladi. Rimliklar hisobida ham 24 oçko mavjud.
Oxirgi 5 Milan derbisida “Inter” birorta ham ğalaba qozona olmagani e’tiborga molik. Qiziği, şu öyinlardan oldin “Inter” qatorasiga 6 derbida ğalaba qozongandi. Beş öyinlik seriya aslida köringanidek uzoq ham emas, zero bu öyinlarning hammasi ötgan mavsumda bölib ötdi. Çempionatdagi ikki öyin bir durang va “Milan”ning ğalabasi bilan yakunlangan bölsa, bundan taşqari “Milan” Italiya kubogida ikki öyin natijasiga köra “Inter”ni mağlub etdi, şuningdek, yil boşida bölib ötgan Superkubok finali ham “Milan”ning irodali ğalabasi bilan tugagandi.
Tarkiblarga töxtalsak, öyin aynan ikki haftalik tanaffusdan keyinga töğri kelgani “Milan”ning omadi böldi. Çunki Kristian Pulişiç va Adrian Rabio tiklanişga ulgurişdi va jamoaga yordam berişi mumkin. Jarohatlanganlardan faqatgina Santiyago Ximenes qoldi. Kivu esa Dumfris, Mxitaryan hamda Darmiyanning yordamidan foydalana olmaydi. Har uççovining qaytişi dekabrning boşlariga belgilangan.
ELÇe – ReAL MADRID (24 noyabrga ötar keçasi, 01:00)
Beşinçi öyin uçun nomzodlar köp edi. “Napoli”ning “Atalanta”ga qarşi öyini yoki Madriddagi “bolta-çopqi” derbisi ham alohida e’tiborga arziydi. Ammo “Real”ning Elçega safari ham öziga yaraşa qiziq bölişi kutilmoqda. Odatda “Real” yoki “Barselona” uçun eng oson, ötiş öyinlari eslanganda raqib sifatida “Alaves” yoki “Elçe” kabi jamoalar nomi tilimizga keladi, ammo bu safargi “Elçe” biroz boşqaça.
Tasavvur qiling, La Ligada töp nazorati böyiça “Real” va “Barselona”dan keyin aynan “Elçe” bormoqda. Örtaça har öyin hisobiga aniq paslar soni böyiça raqamlar ham xuddi şunaqa. “Elçe” hatto “Barselona”ga qarşi safardagi öyinida ham töp nazorati böyiça raqibidan ustunlik qildi. Jamoa uy uçraşuvlarida hali biror marta mağlubiyatga uçramagan – 3 ğalaba va 3 durang. Şu olti öyinda “Elçe” atigi 3 gol ötkazib yuborgan. Tabiiyki, bunday jamoaning “Real”ga qarşi öyini alohida qiziqiş uyğotadi. Buning ustiga ötgan turda “Real” boşqa bir qiyin safar öyinida “Rayo Valiyekano” bilan durang öynab, “Barselona”ni öziga uç oçkogaça yaqinlaştirib olganini ham e’tiborga olsak, endi Alonso şogirdlarining oçko yöqotişga haqqi yöq. Şuningdek, “Real” bundan keyingi uç öyinni ham safarda ötkazadi – Çempionlar Ligasida “Olimpiakos” bilan, keyin La Liga doirasida “Jirona” va “Atletik”ka qarşi. Demak madridliklar uçun öziga xos qiyin davr – qatorasiga 4 La Liga öyinini safarda ötkaziş yakunida “Barselona”ga yetib oliş imkonini bermaslik kerak.
Özaro öyinlar tarixiga qarasak, tabiiyki, “Real”ning ustunligi katta. Oxirgi öyinlarda 9 ğalaba, 2 durang. Mağlubiyat yöq. Ammo yaqin yillarda ham ança murosasiz bahslarni ham eslaş mumkin. Masalan, uç yil oldin “Elçe” “Bernabeu”da ğalaba qozonişga ozgina yetmay qolgan. Modriçning 82-daqiqada, keyin Militaoning qöşib berilgan vaqtdagi urgan gollari 2:2 hisobini ta’minlagan. Yoki 2022 yilning boşidagi kubok uçraşuvini eslaş ham mumkin. Öşanda asosiy vaqtda hisob oçilmagaç, 103-daqiqada “Elçe” hisobni oçgan, faqatgina törtinçi taymda Isko va Azar gol urib madridliklarga ğalaba olib kelgandi. Xullas, oğir yillarda ham “Elçe” ba’zida “Real”ga qarşi munosib öynay olgan ekan, bu safar yanada dadilroq qarşilikni kutişga haqlimiz.