NOTTINGHeM FOReST – MANÇeSTeR SITI (8 mart, 17:30)

«Mançester Siti» uşbu mavsumda juda köp inqirozli davrlarni boşdan keçirgan, beqaror natijalar körsatayotgan bölsa-da, badtarroq ahvoldagi top-klublar tufayli, bemalol şu turdayoq uçinçi öringa çiqib olişi mumkin. Buning uçun Pep Gvardiola şogirdlari safarda «Nottinghem Forest» ustidan ğalaba qozonsa kifoya.

Boşqa tomondan öyinning aynan Nottinghemda bölib ötişi tomonlar muvozanatini jiddiy ravişda mezbonlar foydasiga oğdirişini ham aytib ötiş kerak. Sababi, uşbu mavsumda «şaharliklar» aynan safar öyinlarida yaxşi öynay olmayapti – ötkazilgan 14 safar öyinining atigi oltitasida «Mançester Siti» ğalaba qozongan xolos. «Nottinghem» esa uyda yomon emas – mavsum davomida atigi ikki marotaba mağlubiyatga uçragan xolos. Sönggi ikki öyinda «Brayton» ustidan 7:0 hisobidagi ğalaba, «Arsenal» bilan durang ham bugun mehmonlarga oson bölmasligidan dalolat qiladi. Ötgan mavsumda «Mançester Siti» bu yerdan 2:0 hisobidagi ğalaba bilan ketgan bölsa-da, öyinning mazmuni mutlaqo teskari keçgan, mezbonlar yaqqol ustunlik qilib, faqat juda köp vaziyatlardan aniq foydalana olmagandi. Undan oldingi mavsumda esa 1:1 hisobi qayd etilgan.

Jarohatlarga keladiga bölsak, «Mançester Siti» tarkibida markaziy himoyaçilar taqçilligi yuzaga kelgan. Natan Ake va Akanji katta ehtimol bilan bu mavsumda maydonga tuşa olişmaydi. Jon Stounzning qaytişiga ham kamida bir oy vaqt bor. Şuningdek, mavsum boşida jarohat olib safdan çiqqan yarimhimoyaçi Oskar Bob tiklaniş jarayonida ekani aytilayotgan bölsa-da, katta ehtimol bilan terma jamoalar bilan boğliq tanaffusdan söng safga qaytadi.

Bu öyinda ham hamyurtimiz Abduqodir Husanovning ilk daqiqalardan maydonga tuşişini kutişga asoslarimiz yetarli. Birinçidan, yuqorida tilga olinganidek, şundoq ham tarkibda markaziy himoyaçilar u va Diaşdan boşqa yöq. Ikkinçidan, raqobat muhitida ham, Abduqodirning sönggi öyinlarni yuqori darajada ötkazgani va hatto klubda fevral oyining eng yaxşi futbolçisi deb topilgani bejiz emas. Bu yerda eng muhimi, Husanovning öşa mudhiş debyutdan keyin özini qölga olib, keyingi imkoniyatlardan maksimal foydalanib, jamoasi uçun hatto eng muvaffaqiyatsiz öyinlarda ham porlab, mana şu sörovnomadagi uçlikka kira olgani. Bu töliğiça Abduqodirning mehnati va natijasi. Işonavering, biz uç oy oldin uning Mançesterga ötişiga qançalik işonqiramagan bölsak, «Çelsi» bilan öyindan keyin bu darajaga tez fursatda kelişini tasavvur ham qilolmasdik. Abduqodirning bizni doim hayron qoldirişi, eng çöqqiga çiqdi, deganimizdayam, yana ustiga nimadir qila olişi tahsinga loyiq.

BARSeLONA – OSASUNA (9 martga ötar keçasi, 01:00)