Londonda derbi, «Siti» va «Liverpul»da qiyin raqiblar. Hafta öyinlari anonsi
|21:35 / 01.11.202511 68318 min
Italiya va Germaniyada ham grandlar özaro töqnaşadi.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Bu haftadan Yevropada vaqt bir soatga suriladi va endi biz öyinlarni keçroq körişga, bir soat kamroq uxlaşga majburmiz. Buni ilk bor «Liverpul» muxlislari öz tanasida sinab körişadi – «Aston Villa»ga qarşi öyin Toşkent vaqti bilan 2 noyabrga ötar keçasi soat birda boşlanadi. Şuningdek, bu hafta Angliyada London derbisi, Italiyada Milan va Rim töqnaşuvi, Turkiyada esa Istanbul derbisi bor. Abduqodir Husanovni esa Angliyaning eng kuçli vingerlaridan biri sinovdan ötkazişi mumkin. Yoki Abduqodir uni sinovdan ötkazadi.
«TOTTeNHEM» – «ÇeLSI» (1 noyabr, 22:30)
Ikki jamoa turnir jadvalining turli burçaklarida turgandek tasavvur uyğotsa-da, ziçlik şu qadar yuqoriki, orani birgina ğalaba ajratib turibdi. «Çelsi» ğalaba qozongan taqdirda, «Tottenhem»ga oçkolar böyiça yetib olişi mumkin. Uşbu stadionda ötgan sönggi uçraşuvni ham eslasangiz kerak – mezbonlarning ikki tezkor goli bilan boşlangan öyin yakunda «Çelsi»ning 4:3 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangandi. Umuman olganda, özaro uçraşuvlarda «Çelsi» yaqqol ustunlikka ega – oxirgi 30 öyinning 16 tasida aynan «köklar»ning qöli baland kelgan.
Tomas Frank ötgan mavsumni juda yomon ötkazgan «Tottenhem»ni birdaniga turnir jadvali yuqori qismiga kötargan bölsa-da, agar vaziyatga çuqurroq qaralsa, boşqa faktorlar ham rol öynaganini payqaş mumkin. Masalan, dastlabki turlarda jamoa köproq turnir jadvalining pastki qismidagi raqiblarga qarşi öynadi. «Tottenhem»ning APLdagi keyingi raqiblari esa «Çelsi», «Mançester Yunayted» va «Arsenal». Bu orada Çempionlar Ligasida «Kopenhagen» va «PSJ»ga qarşi öyinlar ham borligi e’tiborga olinsa, jamoa uçun haqiqiy sinov davri boşlanmoqda. Noyabr oyi oxirida, ya’ni mana şu uçraşuvlar natijasiga qarab, bu mavsumdagi «Tottenhem»ning haqiqiy istiqboli haqida aniqroq baho beriş mumkin.
«Çelsi» esa mavsum boşida, ayniqsa, yozda klublar örtasidagi jahon çempionatidagi salohiyatdan kelib çiqib, hatto çempionlik uçun «Liverpul» va «Arsenal»ga raqobat körsatişi mumkin bölgan eng yaqin kuç sifatida tilga olinayotgandi. Ammo ham jarohatlar, ham öyindagi beqarorlik tufayli hozirça Enso Mareska şogirdlari kutilgan örinlarda emas. Töqqizinçi turda liga debyutanti «Sanderlend»ga qarşi öyin kutilmaganda sönggi daqiqalarda ötkazilgan gol tufayli mağlubiyat bilan yakunlangani bunga yaqqol misol. Klublar örtasidagi jahon çempionati qahramonlaridan biri bölgan hujumçi Joao Pedru yangi mavsumni ham zör boşlagandi, ammo oxirgi 11 uçraşuvda unda atigi 4 ta aniq zarba bor. Birorta ham gol ura olmagan.
Mavzuga oid
Darvoqe, jarohatlar borasida har ikki jamoada ham ahvol yaxşi emas. «Çelsi»da har bir çiziqda jarohatlar bor – himoyaçi Kolluil, yarimhimoyaçi Palmer va hujumçi Delap ançadan beri öynay olmapyati. Delap jarohatdan tiklanib, Liga kubogida maydonga tuşgandi, ammo qizil kartoçka olib maydondan çetlatildi. Endi derbida u diskvalifikatsiya tufayli qatnaşa olmaydi. «Tottenhem»da esa Meddison va Kuluşevski kabi yetakçi futbolçilar mavsum boşidayoq safdan çiqişgan. Şuningdek, Grey, Devis, Romero, Udoji, Draguşin va Bissuma kabi asosiy tarkib futbolçilari ham şeriklariga yordam bera olişmayapti.
«BAVARIYa» – «BAYYeR» (1 noyabr, 22:30)
Çorşanba kuni «Bavariya» Germaniya kubogida «Kyoln» mehmoni böldi va 4:1 hisobida ğalaba qozondi. Bu Kompani şogirdlarining mavsum boşidan buyon qatorasiga 14-ğalabasi edi. «Bavariya» hali biror marta ham mağlubiyatga uçramagan va durang qayd etmagan yagona jamoa bölib turibdi. Mana şu 14 ğalabaning 9 tasi yirik hisobida qölga kiritilgani, umuman myunxenliklar allaqaçon 51 gol urib bölgani ham jamoa naqadar yuqori formada ekanini körsatadi. Bu ketişda «Bavariya» mavsum yarmidayoq yuzlik dovonni bosib ötişi mumkin. Harri Keyn esa Bundesliganing özida 12 gol urişga ulgurda, bu liganing 9 jamoasinikidan köproq.
«Bayyer» esa mavsumni biroz muvaffaqiyatsiz boşlagandi va 3 turdan keyinoq Erik ten Hag iste’foga çiqarildi. Yangi boş murabbiy Hyulmand davrida işlar ança yurişib qoldi – 10 öyinda atigi bir mağlubiyat. U ham «PSJ»ga qarşi uçraşuvda. Bundesliganing özida esa qatorasiga 4 ğalaba qayd etildi. Qolaversa, sönggi yillarda leverkuzenliklar «Bavariya»ga qarşi muvaffaqiyatli öynab kelmoqda. Bundesliga doirasidagi oxirgi 5 öyinda «Bayyer» mağlubiyatga uçramagan. Ya’ni agar «Bavariya»ning bu seriyasini kimdir töxtatişi kerak bölsa, «Bayyer» eng yaxşi nomzod. Töğri, boşqa ikki omilni ham e’tiborga oliş kerak. Birinçidan, yuqorida aytilgan muvaffaqiyatli öyinlar Xabi Alonso boş murabbiy bölgan paytda edi. Ikkinçidan, jamoalar örtasidagi sönggi ikki uçraşuv Çempionlar Ligasi nimçorakfinaliga töğri keladi. Öşanda «Bavariya» umumiy 5:0 hisobida ikkala bahsni ham öz foydasiga hal qilgandi.
Ikki jamoada ham yöqotişlar bor. «Bavariya»da Devis ham, Musiala ham, Ito ham hali mavsum boşlanmasdan safdan çiqişgan edi, ya’ni Kompani töliq tarkibdan bemalol foydalana oladi. «Bayyer»da yöqotişlar ança köp. Tilman, Tare-Kobrissa, Vaskes, Fernandes va Tella maydonga tuşa olişmaydi. Kelasi hafta Çempionlar Ligasida «Benfika»ga qarşi qiyin safar kutib turgani ham e’tiborga olinsa, bu yöqotişlar katta ahamiyat kasb etadi. Darvoqe, kelasi hafta «Bavariya»ni ham muhim safar öyini kutib turibdi. Kompani şogirdlari Parijda «PSJ»ga qarşi maydonga tuşadi. Ğalabali seriya davom etarmikin?
«Liverpul»da inqiroz davom etmoqda. Aslida, jamoa «Mançester Yunayted»ga qarşi juda yaxşi öynagan, agar omad kelganda bemalol ğalaba qozonişi ham mumkin edi. Ya’ni aslida öşa öyin «Liverpul» inqirozdan çiqayotganini körsatgandek edi. Frankfurtda «Ayntraxt» ustidan yirik hisobda ğalaba qozonilgaç, bu faraz tasdiqlandi ham. Lekin «Brentford»ga qarşi «Liverpul» mavsumdagi eng yomon öyinlaridan birini ötkazdi. Boşqa mağlubiyatlarda köp jabhalarda Slot şogirdlari raqibdan yomon körinmagandi, «Brentford» esa har tomonlama ustunlik qildi va aynan şu öyindan keyin Slotning iste’fosi, Kloppning qaytişi mumkinligi gapirila boşlandi.
Buning ustiga «Brentford»ga qarşi öyinda «Liverpul» uçun noqulay öyin uslubi yaqqol namoyon böldi. Ya’ni «Çelsi» va «MYu» asosan yuqori saviyali ijroçilar va realizatsiya hisobiga ğalaba qozongani aytilgan bölsa, «Brentford» aynan ma’lum uslub evaziga ustunlik qildi – uzun paslar, standartlar. Bu endi yanada xavfli, zero endi raqiblar «Liverpul»ga qarşi aynan mana şu uslubga murojaat qilişni boşlaşadi va Slot uçun noqulay ssenariylar yanada köpayadi. Yaqinda e’lon qilingan statistikaga köra, bu mavsumda uzun paslar bilan eng köp aynan «Liverpul»ga qarşi öynaşmoqda.
Bu safargi raqib ham anoyi emas. Unai Emeri alohida uçraşuvlarga tayyorlaniş, raqibning ojiz nuqtalariga zarba beriş orqali natijaga erişişga usta hisoblanadi. Qolaversa, «Villa» asta-sekin formasini tiklab oldi. Dastlabki 4 turda birorta ham gol ura olmagan, ilk ğalabasiga 6-turga kelibgina erişgan birminghemliklar sönggi tört öyindagi ğalabali seriya evaziga oçkolar böyiça «Liverpul»ga yetib ham oldi. Sönggi turda «Mançester Siti» ustidan qozonilgan ğalaba ham körsatib turibdi – jamoa ikkinçi raqamda öynaşda haliyam xavfli. Umuman, özaro uçraşuvlarni olganda ham, masalan, «Enfild»dagi oxirgi 11 öyinning 5 tasida «Aston Villa» kamida 1 oçko olib ketişning uddasidan çiqqan. «Liverpul» mehmonlari uçun juda katta raqam.
Jarohatlarga keladigan bölsak, Alison hali ham qaytgani yöq. Arne Slot matbuot anjumanida Isak va Ketrin Jons bu öyinda qatnaşa olmasligini ma’lum qildi. Şuningdek, Frimpong kamida yana bir oydan keyin maydonga qaytişi mumkin. «Aston Villa» tarkibida esa «Mançester Siti»ga qarşi öyinda assist muallifi bölgan, lekin jarohat tufayli almaştirilgan Emiliano Buendiya öynay olmaydi. Yuri Tilemansning qaytişiga ham kamida bir oy vaqt bor. Harvi Elliot esa aynan «Liverpul»dan sotib oliş huquqi bilan ijara olingani tufayli, sobiq jamoasiga qarşi öynay olmaydi.
«Liverpul» muvaffaqiyatsiz seriyasini uziş uçun bu uçraşuvda ğalaba qozonişi şart. Zero, undan keyingi turda «Mançester Siti»ga qarşi safar öyini kutmoqda. Orada YeÇL doirasida Madridda «Real»ga qarşi öyin ham bor.
«MANÇeSTeR SITI» – «BORNMUT» (2 noyabr, 21:30)
«Bornmut» APLning yangi mavsumidagi kaşfiyotlardan biri. Töğri, Iraola şogirdlari ötgan mavsumda ham yaxşi taassurot qoldirişgan, ammo yozning özida uç nafar asosiy himoyaçi (Kerkez, Zabarni, Hausen), şuningdek, yarimhimoyaçi Uattara hamda darvozabon Kepani qöyib yuborgaç, hatto ligani tark etiş uçun nomzodlardan biri sifatida körila boşlangandi. Lekin jamoa ayni paytda turnir jadvalida ikkinçi örinda bormoqda, birinçi turda «Enfild»da mağlubiyatga uçraganidan buyon hali biror marta yutqazmadi. Ya’ni ayni paytda APLda eng uzoq mağlubiyatsiz seriya ham aynan «Bornmut»ga tegişli – 5 ğalaba va 3 durang. Endi esa jamoa qatorasiga ikki öyinni safarda ötkazadi – «Mançester Siti» va «Aston Villa» bilan. Ikkinçi örin deyilgani bilan turnir jadvalining yuqori qismi ança ziç, 11-örindagi «Brentford» bilan farq atigi 5 oçkoni taşkil qilmoqda. Ya’ni ikki mağlubiyat ham «Bornmut»ni ança pastga tuşirib yuboriş xavfi bor.
Xuddi şunday xavf «Mançester Siti»ga ham taalluqli. «Liverpul»ning pasayişidan söng, «Arsenal»ga çempionlik poygasida asosiy raqib kim, degan savolga aynan «şaharliklar»ni körsata boşlaşgandi. Ammo «Aston Villa»dan mağlubiyat muammolarni oçib berdi. Aniqroği, bitta katta muammo – Holandga bölgan boğliqlik. «Mançester Siti» APL öyinlarida 17 gol urgan bölsa, 11 tasi Erling Holandga tegişli. Yana bir neça futbolçi bittadan gol urgan, xolos. Ya’ni raqiblar hujumda asosiy xavf kimdan ekanini yaqqol bilişadi, kerakli paytda sermahsullikni öziga olişi mumkin bölgan futbolçilar körinmayapti.
Ikkinçi hujumçi Omar Marmuş esa orada jarohat ham oldi, qolaversa, u Holand bilan bir vaqtda maydonda harakat qilganda u qadar foydali bölmayapti. Ötgan mavsumda ham Marmuş köp gollarini Holand jarohat olgan paytda, uning örnida maydonga tuşib urganini ham unutmaslik kerak. Umuman, Pep Gvardiola jamoasida gollar bu qadar bir futbolçiga boğlanib qolişi uning faoliyatida birinçi marta bölsa kerak.
Yaxşi xabar – Abduqodir Husanov jarohatdan tiklandi va Liga kubogi nimçorakfinalida «Suonsi»ga qarşi öyinda asosiy tarkibda harakat qildi ham. Pep Gvardiola uni ilk daqiqalardan maydonga tuşirib, keyin zaxiraga ham olganining öz sababi bölişi mumkin. Ma’lumki, «Bornmut»ning eng xavfli hujumçisi Antuan Semenyo hisoblanadi va u mavsum boşida çempionatning eng yaxşilaridan biri bölib turibdi. Ötgan yili «Bornmut» boşqa ijroçilarga ham köproq tayangan bölsa, hozir aksariyat hujumlar aynan Semenyo orqali amalga oşirilmoqda. Şu tufayli unda allaqaçon 6 gol va 3 assist bor – ligada Holandnikidan keyingi körsatkiç. U asosan çap qanotda harakat qiladi va juda tezkor. Gvardiola himoyaning öng qanotiga ança hujumkor bölgan Nunez yoki Lyuisni emas, aynan Abduqodirni tuşiriş ehtimoli kattaroq. Xullas, özbekistonlik himoyaçini yana bir yaxşi imtihon kutyapti, deyiş mumkin.
Özaro öyinlarga qaralsa, «Mançester Siti» azaldan «Bormunt»ga qarşi muvaffaqiyatli töp suradi. APL doirasidagi oxirgi 8 uy uçraşuvining barçasida ğalaba qozongan. Jami 16 öyindan atigi bir marta mağlub bölgan, u ham ötgan mavsum jamoa inqirozga uçrab, hammaga yutqazayotgan davrga töğri keladi.
«MILAN» – «ROMA» (3 noyabrga ötar keçasi, 00:45)
«Milan» bir muddat çempionlik uçun yaqqol favorit sifatida körilgandi. Tarkib jihatidan balki raqiblardan kuçsiz körinişi mumkin, ammo birinçidan, bu mavsum jamoa yevrokuboklarda qatnaşmaydi. Bu faktor esa qançalik muhim ekanini ötgan mavsum çempioni «Napoli» tasdiqlaşi mumkin. Ikkinçidan, Luka Modriç – tajribali futbolçi mavsumda kutilgandan ham yaxşi boşladi, ötgan oy A Seriyaning eng zör futbolçisi deb topildi. Şuningdek, «Napoli»ga qarşi ança işonçli öyin ham «Milan»ning salohiyati köpçilik öylaganidan ança yuqori bölişi mumkinligini namoyon qilgandi.
Lekin sönggi tört turdagi uç durang juda yaxşi farqni yuzaga keltiriş bölgan tiğiz davrda pand berdi. «Yuventus» va «Atalanta»ga qarşi safar uçraşuvlardagi durangni aslida Allegri şogirdlarining aktiviga yoziş ham mumkin, lekin hammasini «Piza»ga qarşi uy uçraşuvidagi durang buzib turibdi. Ha, har qanday top-klubda ham şunday kunlar bölib turadi, lekin «Milan» arang sönggi daqiqalarda mağlubiyatdan qutulib qolgani, vaziyatlar böyiça «Piza» ham böş kelmagani e’tiborga olinsa, «Milan»da bunday yomon kunlar kelajakda yana köproq bölişi mumkinligidan dalolat qilmoqda. «Roma»ga qarşi öyin ortidan şu oyning özida «Milan»ni «Inter» va «Latsio»ga qarşi bahslar ham kutib turibdi.
«Roma» ham öziga xos jamoa. Gasperinining kelişi bilan rimliklar butunlay boşqaça öyin namoyiş etişi kutilgandi, lekin natijalar köproq Raniyerini eslatib yubormoqda. «Börilar» nafaqat A Seriya, balki kuçli beşlikda ham eng kam gol ötkazgan jamoalardan biri bölib turibdi. Bu borada faqat «Arsenal» yaxşiroq, xolos. Jamoa iştirokidagi juda köp öyinlar 1:0 yoki boşqa minimal hisoblarda yakunlanmoqda. Şunday bölsa-da, «Roma» ayni damda turnir jadvalini «Napoli» bilan birga boşqarmoqda va ğalaba qozonsa, yagona peşqadamga aylanib olişi ham mumkin.
Aslida Milanda munosib qarşilik qiliş «Roma» uçun u qadar katta syurpriz ham emas, sönggi 15 özaro öyindan 6 marta mağlubiyatga uçraşgan. Şu bilan birga, «Roma»ning A Seriya doirasida «San Siro»dagi sönggi ğalabasi 2017 yilga töğri keladi. Bir yil oldingi 1:0 hisobidagi ğalaba esa Yevropa Ligasida sodir bölgandi.
Jarohatlarga kelsak, «Milan»ning durangli davri ikki yetakçi futbolçi – Pulişiç va Rabioning safdan çiqişi bilan boşlangandi. Bu futbolçilar «Roma»ga qarşi öyinni ham ötkazib yuborişadi. Şuningdek, Fikayo Tomorining maydonga tuşişi söroq ostida ekani aytilmoqda. Mehmonlar safida esa Evan Fergyuson va Anxelino şeriklariga yordam bera olişmaydi.