Avtogollar, 70 yil kutilgan kubok va «Barsa»ning superkambeki – Yevroturning eng muhim 8 voqeasi
|21:18 / 17.03.202511 82311 min
Dam oliş kunlari Yevropa futbolida qiziq voqealarga boy böldi. Ayniqsa, yakşanba oqşomida birdaniga uç top ligada çempionlikka da’vogar jamoalarning özaro töqnaşuvi klublar futbolini yaqin ikki haftada soğinib qolişimizga şa’ma qilgan bölsa ajab emas. Tribuna.uz jurnalisti Qahramon Aslanov yevroturning eng muhim 8 voqeasini saraladi.
AVTOGOLLAR
Çempionlar Ligasi yöllanmasi uçun kuraşayotgan «Mançester Siti» qatorasiga ikki raqobatçisi bilan töqnaş keldi va atigi bir oçko bilan kifoyalandi. Afsuski, bu safargi tur hamyurtimiz Abduqodir Husanov uçun omadsiz keldi. Birinçi taymni ança işonçli ötkazgan Husanov 48-daqiqada mehmonlarning burçak töpidan söng öz darvozasiga gol yöllab qöydi. Avvaliga ofsayd çiziğini uşlaşda şeriklaridan keç qolgan Husanov Xinşelvudning zarbasini qaytarmoqçi böldi, ammo noqulay yölantirilgan töp oqibatda Ortegani ham çalğitib, darvozaga kirib ketdi. Mana şu vaziyatdan söng hisob ikkinçi marta tenglaşgaç, öyin oxirigaça mezbonlar ğalaba golini ura olmadi.
Xuddi şu oqşom Yevropada töp surayotgan yana bir himoyaçimiz öz hisobiga avtogol yozib qöydi. «Rizespor» tarkibida «Bodrumspor»ga qarşi töp surgan Xusniddin Aliqulov öyining 22-daqiqasiga öz darvozasiga gol kiritib, hisobni oçdi. Mezbonlar safida Samet Akaydin qizil kartoçka olgaç, vaziyatni tenglaştiriş imkoniyati kamayib ketdi va yana bir gol ötkazib yubordilar. Aliqulov esa jarohat tufayli birinçi taym oxirida almaştirildi.
OMADSIZ «BeŞIKTOŞ»
Ammo haftaning eng omadsiz jamoasini ham Turkiyadan izlaganimiz ma’qul. Sulşer boşqarayotgan «Beşiktoş» «Konyaspor»ga qarşi öyinning 27-daqiqasidan boşlab bir kişi köp bölib öynagan bölsa-da, mezbonlarning 45-daqiqasidagi goliga birorta ham javob bera olişmadi.
Ikkinçi taymda töp nazorati böyiça 83-17, zarbalar soni 20-2, burçak töplari 7-0, jarima maydonidagi teginişlar 28-1 bölsa-da, «Beşiktoş» bu ustunlikni oçkoga aylantira olmadi. Hatto 65-daqiqada Ndao ham qizil kartoçka olib, qolgan qariyb 30 daqiqani mezbonlar 9 kişi qolib ham ğalabali hisobni saqlab qolişning uddasidan çiqişdi.
«Biz nimanidir özgartirişimiz kerak, bu öyin uçun muxlislarimizdan uzr söraymiz», - dedi uçraşuv tugagaç norvegiyalik mutaxassis.
Mavzuga oid
Eng qiziği, «Beşiktoş» ötgan turda «Gaziantep»ni qabul qilgan va 77-daqiqadan boşlab bir kişi köp bölib öynagandi. Raqib futbolçiga qizil kartoçka körsatilayotganda hisob 1:1 edi, qolgan daqiqalarda Sulşer şogirdlari ğalaba qozoniş örniga, «Gaziantep» gol urib 2:1 hisobida yutib ketgan.
ĞAZABDAGI ANÇeLOTTI
Çorşanba oqşomida «Real» Çempionlar Ligasida «Atletiko»ga qarşi maydonga tuşdi va 120 daqiqa öynadi. La Liga esa madridliklarning navbatdagi tur uçraşuvini yakşanbaga emas, şanba oqşomiga qöygan edi. Raqib ham noqulay, «Real» 2017 yildan beri safarda «Vilyarreal»ni yenga olmay kelmoqda.
Öyin töliğiça mezbonlarning ustunligida ötgan bölsa-da, Mbappening dubli «Real»ga irodali ğalaba olib keldi. Köngildagidek natida qayd etilgan bölsa-da, uçraşuvdan keyingi matbuot anjumanida Karlo Ançelottini tinlantirib bölmadi.
«Bu bizning 72 soatdan oz muddatda maydonga tuşgan oxirgi öyinimiz. Agar Liga yana şunday qiladigan bölsa, biz maydonga tuşmaymiz» – dedi italiyalik murabbiy.
Haqiqatan ham öyindan keyin madridliklarning ahvoli yaxşi emasdi. Bir neça futbolçilar maydonning özida yotib olişdi va şifokorlar ham aralaşgan holatlar böldi.
«BAVARIYa» YaNA OÇKO YÖQOTDI
«Bavariya» bu safar «Union» bilan durangga rozi böldi. Ötgan turda «Bavariya» öyin boşidayoq 2 gol urib, yana penaltidan aniq foylana olmay, qizil kartoçka olib, yakunda 2:3 hisobida yutqazib qöygandi. Bu safar 75-daqiqada urilgan Sanening golini asrab qola olişmadi – mezbonlar 83-daqiqada hisobni tenglaştirişdi. Myunxenliklarda Bundesligada oxirgi 2 öyinda atigi 1 oçko.
Atigi bir hafta oldin Bundesligada hammasi hal bölgandek, 16 va 13-örinlarda borayotgan «Boxum» va «Union»ga qarşi öyinlarda Kompani şogirdlarining oçko yöqotişini kutiş ham qiyin edi. Katta ehtimol bilan «Bayyer» ham buni kutmagan, aks holda, agar liverkuzenliklar bu «sovğa»dan foydalana olişganda edi, ayni paytda ikki peşqadam orasidagi farq atigi 3 oçkoni taşkil qilgan bölardi.
Ammo «Bayyer» ham qolişmadi. Bu safar Alonso şogirdlari Ştutgartda ajoyib kambek (4:3) amalga oşirgan bölişsa-da, ötgan haftadagi «Verder»dan mağlubiyat qimmatga tuşdi. Hammasi Harri Keynning faoliyatidagi ilk sovriniga qarab ketmoqda.
YeTMIŞ YILLIK SOĞINÇ
Bu bölimni bir haftada ikki sovrinni boy bergan «Liverpul»ga bağişlaş ham mumkin edi, ammo «Nyukasl»ga nisbatan adolatsizlik bölardi. Edi Hau şogirdlari sönggi uç yilda körsatgan öyini uçun albatta, sovringa munosib edilar. Jamoa ikki yil oldin ham xuddi şu turnir finaliga yetib kelgan, ammo 0:2 hisobida «Mançester Yunayted»ga yutqazib qöygandilar. Bu safar öxşadi. Bu sovrin 1955 yildan beri «Nyukasl» qölga kiritgan ilk sovrindir. Öşanda nyukaslliklar Angliya kubogida zafar quçgandi. Liga kubogi esa ilk marta jamoa muzeyidan joy oladi.
Albatta, «Liverpul»ning bu qadar yomon öyiniga hafta örtasidagi «PSJ»ga qarşi uçraşuv ham ta’kir körsatgani şubhasiz. «Nyukasl» bir hafta davomida finalga bor e’tiborini qaratib tayyorlaniş imkoniyatiga ega bölgandi, «Liverpul» esa hafta davomida ham jismonan çarçadi, ham emotsional çuqurga tuşib çiqişgandi. Natija faqat hisobda emas, öyinda ham yaqqol körindi – Slot şogirdlari to Keza sönggi daqiqada hisobni qisqartirgunça 5 marta zarba bera olişdi xolos. «Nyukasl»da esa zarbalar soni 17 ta.
Darvoqe, oxirgi marta «Nyukasl» «Liverpul» ustidan qariyb ön yil oldin, 2015 yilning dekabrida ustun kelgandi.
«BOLONYa» ÖZIGA KeLMOQDA
«Bolonya»ning ötgan mavsumdagi yuksalişini köpçilik haqli ravişda murabbiyga boğlagani aniq. Ayniqsa, «Yuventus» bunga köproq e’tibor qaratib, Mottani öz jamoasiga çorlagan edi. Bu turda esa «Bolonya» «Yuventus»ni quvib ötdi va 4-öringa kötarilib oldi.
Turinliklar Florensiyada yirik mağlubiyatga uçragan bölsalar, «Bolonya» yana bir asosiy raqobatçisi «Latsio» ustidan 5:0 hisobida ğalaba qozondi. Birinçi davrada rimliklar öz maydonida 3:0 hisobida ustun kelgandilar, javob öyinida qasos ortiği bilan olindi. Bu «Bolonya»ning çempionatdagi qatorasiga törtinçi ğalabasi ekanini ham e’tirof etiş kerak.
Qiziği ana endi boşlanadi. Jamoa keyingi turlarda qatorasiga «Napoli», «Atalanta» va «Inter» bilan kuç sinaşadi. Qaysidir ma’noda çempionlik kuraşiga ham ta’sir etiş bilan birgalikda, hali yana asosiy raqiblar «Milan» va «Yuventus» bilan bahslar ham kutib turibdi.
ITALIYa VA FRANsIYaDA PeŞQADAMLAR BAHSI
«PSJ» Çempionlar Ligasining hal qiluvçi öyinlari oldidan içki çempionatni hal qilib qöymoqçi şekilli. Bu safar Enrike şogirdlari eng yaqin ta’qibçi – de Dzerbining «Marsel» jamoasini 3:1 hisobida doğda qoldirişdi. Örtadagi farq esa endi 19 oçko. Demak «PSJ» çempionlikni rasman hal qilişi uçun qolgan 8 turda 5 oçko olsa kifoya. Bu degani, hatto keyingi turdayoq, mabodo»Marsel» yana oçko yöqotadigan bölsa, parijliklar çempionga aylanişi mumkin.
Italiyada esa «Napoli» eng kutilmagan paytda qoqildi. Konte şogirdlari «Venetsiya»da durang öynagaç, «Inter»da 1 oçkolik farqni 3 taga oşiriş uçun yaxşi imkoniyat hosil böldi. Raqib esa yana bir çempionlikka da’vogar bölgan «Atalanta». Qiziği, «Atalanta» ham ikki tur oldin aynan «Venetsiya» bilan xuddi şunday 0:0 hisobidagi durang öynab, qimmatli oçkolarni boy bergandi. Augusto va Martinesning gollari milanliklarga «Atalanta» ustidan ğalaba keltirdi va endi «Inter» «Napoli»dan 3, «Atalanta»dan 6 oçko oldinda, yakka peşqadam bölib oldi.
YaNA SYoRLOTNING GOLI «HAL QILDI»
Yevropa oqşomi gollarga boy bölgan ajoyib uçraşuv bilan yakuniga yetdi. Yaqinda «Atletiko» va «Barselona» Ispaniya kubogi öyinida ham şou (4:4) uyuştirib bergandilar, bu safar ham kam bölmadi. Ammo bu safar ham madridliklar 2:0 hisobidagi ğalabani uşlab qololmadilar.
Esingizda bölsa, Barselonadagi öyinning sönggi daqiqasida Syorlot mehmonlarni oldinga olib çiqib, «Atletiko»ga ğalaba keltirgandi. Bu safar ham norvegiyalik hujumçi zaxiradan çiqib, ikkinçi golni urgan paytda, göyo hammasi hal qilingandek edi. Balkim aynan mana şu tuyğu «Atletiko» futbolçilarining xayolidan ötgandir? Natijada, 1:0 paytidagi konsentratsiya yöqolib qoldi, mehmonlar esa tezda javob berişdi. Yakunda Torresning dubli, Yamalning hal qiluvçi zarbasi yordamida kataloniyaliklar 4:2 hisobida ğalaba qozonişdi. Bir paytlar italiyalik maşhur murabbiy Elenio Errera unga 2:0 dan köra 1:0 yoqişini aytganida, mana şunday holatlarni nazarda tutgan bölsa ajab emas.
Ispaniyada qöşhokimlik yuzaga keldi, ammo «Barselona» «Real»dan bir öyin kam ötkazgan. «Atletiko» esa 4 oçkoga orqada qolib ketdi.
Bu jamoalar terma jamoalar bilan boğliq tanaffusdan söng yana bir marta töqnaş keladilar. Ispaniya kubogi yarimfinali javob bahsida öşa sakkiz goldayam çala qolgan masalaga oydinlik kiritiladi.