Bu haqda u partiya qurultoyida aytib ötdi.
«Agar [Buyuk Britaniya] Oliy sudi şunday qaror qabul qilsa va biz şunday bölişidan umidvormiz, kelasi yil 19 oktyabrda mustaqillik referendumi bölib ötadi», dedi Styorjyen.
Oliy sud bu masalani şu haftada körib çiqişi lozim.
Styorjyen sözlariga köra, Şotlandiya aholisining 50 foizdan ortiği Buyuk Britaniyadan ajralib çiqişni qöllab-quvvatlaydi, yoşlar orasida esa bu raqam yanada yuqori.
Avvalroq, Styorjyen Buyuk Britaniyada Elizabet Trass hokimiyatga kelganidan keyin mustaqillik tarafdorlari köpayganini aytgan edi. U yangi boş vazirning iqtisodiy siyosati Şotlandiya iqtisodiyotining tanazzulga yuz tutişiga olib kelişi mumkinligini qayd qildi.
Styorjyenning ta’kidlaşiça, mustaqillik Şotlandiya iqtisodiyoti uçun «möjizaviy malham» emas, lekin u orqali «mamlakat juda köp narsaga erişişi mumkin». Partiya qurultoyini yakunlar ekan, boş vazir kelasi haftada mustaqillikning iqtisodiy asoslarini e’lon qilişga va’da berdi.
Şotlandiya mustaqilligi böyiça birinçi referendum 2014 yilda ötkazildi. Unda mintaqada yaşovçi Britaniya va Yevropa Ittifoqi fuqarolaridan «Mamlakat mustaqil bölişi kerakmi?» degan savolga javob beriş söralgan edi. Yakuniy natijalarga köra, ovoz berganlarning 55,3 foizi ajralib çiqişga qarşi böldi, 44,7 foizi esa mustaqillikni yoqladi.











