Keyingi yillarda Soğliqni saqlaş vazirligida aholi murojaatlari bilan işlaş tizimi takomillaştirilmoqda. Kelib tuşgan har bir murojaat tezkor örganilişidan taşqari, fuqarolarning poytaxtga kelişini kutmay, joylarga çiqib, ularni qiynayotgan masalalarni vazir va uning örinbosarlari tomonidan eşitiş hamda yeçimini topiş mexanizmi ham joriy etildi.
Xususan, şu yil boşidan buyon hududlarda ötkazilgan sayyor tibbiy qabullarda Soğliqni saqlaş vaziri 967 nafar fuqaro murojaatini bevosita tinglab, ularning aksariyatiga joyida amaliy yordam körsatildi.
Qolaversa, vazirlikda «Işonç telefoni» sifatida taşkil etilgan «1003» hamda barça viloyatlardagi «1103» qisqa raqamli Sall-markaz’lar kun-u tun uzluksiz faoliyat körsatib, soğliqni saqlaş tizimiga doir murojaatlarni qabul qilmoqda.
Öz navbatida, vazirlikning rasmiy veb-saytida Jivo ilovasi orqali fuqarolarning savollariga tezkor javob beriş amaliyoti yölga qöyilgan.
Bundan taşqari, hozirgi kunda viloyatlar soğliqni saqlaş boşqarmalari va barça tuman (şahar) tibbiyot birlaşmalarida murojaatçilarning öşa muassasa rahbari bilan töğridan töğri va tezkor aloqa qilişi uçun alohida telefon tarmoği örnatilgan.
Bu mexanizmga köra, murojaat egasi «Tezkor aloqa» telefoni göşagini kötarişi bilan avtomatik ravişda öşa tibbiyot muassasasi mas’uli mobil raqamiga bevosita boğlanadi. Şu orqali mavjud muammoli masalalarni joyida, ya’ni tibbiyot muassasasining özida yeçiş çoralari köriladi.












