“Sanoat işlab çiqarişida xomaşyo uzluksizligini ta’minlaş böyiça qöşimça qulayliklarni yaratiş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, 2025 yil 1 yanvarga qadar 21 turdagi xomaşyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji nol stavkada qöllanadi.

Şuningdek, “bojxona hududida qayta işlaş” bojxona rejimi doirasida barça taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilariga bojxona tölovlarini tölaş talabi bekor qilinadi.

2023 yil 1 yanvardan boşlab:

  • asbob-uskunalar sotib oliş (sotiş) böyiça şartnomada montaj va işga tuşiriş-sozlaş xizmatlari, xodimlarni öqitiş xizmatlari va boşqa xizmatlar qiymati körsatilmagan hollarda bozor qiymatidan kelib çiqib hisoblanadi;
  • mazkur xizmatlarni körsatganlik uçun norezidentning soliq solinadigan daromadini şartnoma qiymatining 20 foiziga teng deb hisoblaşning amaldagi tartibi bekor qilinadi.

Ma’lumot uçun, ötgan yilning oktabr oyida prezident qarori bilan 82 turdagi xomaşyo va yarim tayyor mahsulotlar import bojxona bojidan ozod qilingandi.