2022/23 öquv yilida Amir Temur nomidagi Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida bakalavriat ta'lim yönalişi böyiça kunduzgi ta'lim şaklida öqişga nomzodlarni saralab oliş böyiça tanlovda iştirok etiş uçun röyxatdan ötiş boşlandi.
Arizalar dxx.dtm.uz sayti orqali 10 noyabrga qadar onlayn qabul qilinadi. Bu haqda Davlat test markazi ma'lum qildi.
Tanlovda Qurolli Kuçlar safida muddatli harbiy xizmatni ötagan va ötayotgan yoki harbiy xizmatga çaqiriluvçi bölgan umumiy örta, örta maxsus va professional ta'lim muassasalarining bitiruvçilari, erkak jinsidagi, soğliğining holatiga köra yaroqli deb topilgan, böyi 170 sm.dan past bölmagan Özbekiston Respublikasi fuqarolari iştirok etişi mumkin.
Röyxatdan ötiş tartibi töğrisidagi yöriqnoma dxx.dtm.uz saytida keltirilgan.
Ma'lumot uçun, DXX akademiyasiga qabul Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 apreldagi 241-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan Nizom asosida amalga oşiriladi.













