Özbekiston, Ukraina, Polşa va Turkiya Milliy markaziy byurolari xodimlari hamkorlikdagi tezkor harakatlari hamda Özbekistonning Polşadagi elçixonasi vakillari yordami bilan oğir jinoyatlar sodir etgan ikki kişi Özbekistonga ekstraditsiya qilindi.
Qidiruvdagilardan biri giyohvand moddalar savdosi bilan boğliq jinoyatni sodir etganlikda ayblangan bölib, uzoq vaqt davomida çet elda yaşirinib kelgan va tezkor tadbirlar natijasida ukrainalik hamkasblar tomonidan hibsga olingan.

Özbekistonda internet platformasida jinoyatçi tomonidan yaratilgan moliyaviy piramidaga 2 million AQŞ dollari miqdorida sarmoya kiritgan, ikki mingdan ortiq fuqaroni aldagan ikkinçi yirik kripto-firibgar ham xorijiy davlat hududida aniqlandi va hibsga olindi.

Özbekiston Boş prokuraturasi tomonidan ekstraditsiya qiliş töğrisidagi iltimosnoma tasdiqlangandan söng, Interpol MMB xodimlari hamrohligida jinoyatçilar munosib jazo oliş uçun Özbekistonga olib kelindi.












