Poytaxt köçalaridagi yangilangan beton tösiqlar quriliş me’yorlariga javob beradimi? Oldingilari hozirgilaridan köra xavfsizroqmidi? Yangilari internet foydalanuvçilari aytayotganidek qotil “bordyur”larmi? Kun.uz ijtimoiy tarmoqlarda şu mavzuni kötarib çiqqan faollarning fikrlari bilan qiziqdi.

“Har kuni Çirçiqdan Maxtumquli köçasi orqali qatnayman, 9 oktyabrdagi “avariya”gaça şu köçadan kelardim. Nimaga? Çunki özi yöl uzun bölmasa ham, “probka” kam bölgani uçun işxonaga tezroq yetib olardim.
Lekin maş’um avtohalokatdan keyin öşa köçadan yurişga qörqib qoldim. Yurganda ham özim bilmagan holda, refleks holatida ikkinçi yoki uçinçi qatordan – uzoqroqdan yuraman. Baribir ham miyada qolib ketdi-da bu narsa. Hozir Çirçiq orqali kelyapman”, – deydi bloger Şavkat Hasan.
Bloger tirbandliklarga töla bölsa-da, Çirçiq-Toşkent yölidagi bordyurlar balandroq hamda nisbatan xavfsizroq deb hisoblagani uçun sönggi kunlarda şu yönalişda işdan uyga, uydan işga qatnayotganini aytadi.

“Agar bordyurlar insonlarning ölimiga olib kelayotgan bölsa, bu yerda nimadir notöğri. Buning oldini oliş kerak”, - deydi u.
Maxtumquli köçasidagi avtohalokat “bordyur”lar bilan boğliq birinçi yöl-transport hodisasi emas. Ungaça ham beton tösiqlar “tramplin” vazifasini bajarib, baxtsiz hodisalarga sabab bölgan. Bu şakldagi “bordyur”lar nafaqat Maxtumquli köçasida, balki şaharning bir neçta köçalarida ham bor. Demak, xavf-xatar poytaxtning boşqa hududlarida ham yöq emas.
Bloger Umid Ğafurov ham 9 oktyabrda yuz bergan, insonlar ölimiga sabab bölgan avtohalokatdan ta’sirlanganini aytadi. Özi ham Maxtumquli köçasida istiqomat qiluvçi bloger fojiadan söng poytaxt köçalaridagi beton tösiqlarning xalqaro standartlar va tavsiyalarga qançalik muvofiqligi böyiça örganiş olib borgan.

“YTH röy bersa odatda haydovçilarni ayblaymiz. Kimdir “Maşinani öpkasini bosolmay haydagani uçun şu iş böldi” deb yozişlari mumkin izohlarda. Lekin yölda har xil holat bölişi mumkin. Haydovçi rulda ketayotib infarkt bölişi, yuragi töxtab qolişi mumkin. Şunda maşinani boşqarolmay qoladi. Aynan şunday paytlarda yöllardagi “bordyur”larning vazifasi xavfsizlik nuqtayi nazaridan şu maşinani qarama-qarşi tarafga ötkazib yubormaslik”, deydi Umid Ğafurov.
Blogerga köra, poytaxt köçalaridagi beton tösiqlarning şakli 45 daraja qiyalikda bölib, bunday beton tösiqlarning aksariyati bir neça yillar oldin yöllarda qatnovni ajratib turiş uçun örnatilgan temir panjaralarning poydevori hisoblanadi. Keyinçalik panjaralar olib taşlandi, ammo “bordyur”lar yangilanmadi.

Umid Ğafurov soliqlar hisobidan örnatilib, ma’lum vaqtdan keyin olib taşlangan panjaralar kimning taşabbusi bilan va nima maqsadda joriy etilgani, keyinçalik nega bekor bölgani, agar bu taşabbus özini oqlamagan bölsa şu taklif bilan çiqqanlar javobgarlikka tortilgan yoki tortilmagani böyiça jamoatçilikka heç qanday axborot berilmaganini ta’kidladi.
Şu örinda qayd etiş kerakki, poytaxt köçalaridagi beton tösiqlar şaklan bir-birini takrorlamaydi. Bir köçadagi bordyurlarning hajmi, şakli boşqa köçadagiga mos kelmaydi. Misol uçun, Toşkentning 5 km radiusdagi köçalarida kezib, 5 xil geometrik şakl va ölçamga ega turli beton tösiqlar örnatilganiga guvoh böldik. Ularning qaysilari amaldagi me’yorlarga javob beradi, qaysilari esa nostandart, bunga mutasaddilar oydinlik kiritadi degan umiddamiz.

















