Rahmon Putindan SSSR paytidagidek munosabatni bas qilişni talab qildi

Dayjyestimizni haftaning eng asosiy siyosiy voqeasi bilan boşlasak. Juma kuni Ostonada bölib ötgan “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi birinçi sammitda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon kutilmagan çiqişi bilan köpçilikni hayron qoldirdi. U özining 8 daqiqa davom etgan hissiyotli nutqida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni keskin tanqid qildi.

Rahmon aylana stolda röparasida ötirgan Putinga murojaat qilarkan, uning SSSRni tiklaş haqidagi eng oxirgi umidlarini ham butkul kömib taşlagan bölsa ajab emas. Tojikiston prezidenti Moskvaning Markaziy Osiyo davlatlarini teng huquqli şerik deb körmasligini oçiqçasiga Putinning yuziga aytdi. “Biz har doim asosiy strategik hamkorimizning manfaatlarini hurmat qilib kelganmiz. Öz navbatida, bizni ham hurmat qilişlarini xohlaymiz”, dedi u.

Rahmon nutqining oxirida gapning pöskallasini aytib qöya qoldi: “Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan sobiq sovet ittifoqida bölgani kabi siyosat bölmasin”.

Foto: AKIpress

E’tiborlisi, bu yangi formatdagi sammit aynan Rossiya prezidentining taşabbusi bilan ötkazilgan edi. Xalqaro maydonda obrösizlanib, tobora yakkalanib borayotgan Putin bu orqali göyoki qalin ittifoqçilari bordek körsatişga uringandir ehtimol, lekin amalda buning butkul teskarisi bölib çiqdi. U yaqin yillarda hali heç qaysi xalqaro anjumanda bunaqangi daşnom eşitmagandi. Qisqasini aytganda, Rahmonning çiqişi Rossiya rahbariyati uçun diplomatik va geosiyosiy frontdagi katta mağlubiyat böldi.

Umuman olganda, Ukrainaga bosqindan keyin hozirgi Rossiya rahbariyatining özi neçta ittifoqçisi qolgan, degan savolga javob şu hafta ma’lum böldi. Çorşanba kuni BMT Boş assambleyasida dunyoning naq 143 ta davlati Ukrainaning 4 ta hududi Rossiya tomonidan annexia qilinganini qoraladi va Moskvadan bu qarorlarini bekor qilişni talab qildi. Bu haqdagi rezolyutsiyaga bor-yöği 5 ta davlat qarşi çiqdi. Rossiyaning özidan taşqari, Belarus, Suriya, Şimoliy Koreya va Nikaragua.

35 ta davlat, xususan Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy rezolyutsiyaga