Kvartira muammosi öqiş iştiyoqida kelgan talabalarning şaştini ham söndiradi. Çunki yangi öquv yili boşidan ta’lim oliş emas, işonçli turar joy topiş masalasi birinçi öringa ötadi.
Poytaxtdagi xonadonlarda talabalarga ijaraga joy berilişi haqidagi e’lonlarda «Faqat qizlarni qöyamiz», degan e’lonlar salmoği köproqligi quvonarli hol, albatta. Ammo boşpana izlab sarson bölgan talabalar pirovardida yoş oila bilan birga yaşaşga, yoki talaba yigit-qizlar bir tom ostida turişga ham majbur bölişmoqda.
Xöş, bu qançalik töğri va xavfsiz? Mutlaqo begona erkak(lar) yaşaydigan xonadonda istiqomat qiliş qizlar uçun noqulaylik tuğdirmaydimi? Ular jinsiy va jismoniy zöravonlikka duç kelişmaydimi? Bu borada ayrim talaba qizlarimizning fikrlarini tingladik (ismlar özgartirilgan).
«Bir dugonam yoş oila bilan kvartirada turdi. «Eri ertalab vaqtli ketib keçqurun keç qaytar ekan, xalal bermaskan», deb yurdi. Yarim tunda dugonam yiğlab telefon qildi: «Kvartirangda joy bormi, bu yerdan ketmasam bölmaydi», deb. Qörqib, taksida 2 qiz yetib bordik. Ma’lum bölişiça, eri içib kelib xotini bilan janjallaşibdi. Eri xotinini kaltaklaşga ötganida dugonam çidolmay örtaga tuşibdi. Natijada, u ham zöravon erining muştiga nişon bölibdi», — deb hikoya qiladi Şahinabonu Erkinova.
Kvartira izlab rosa sarson bölgaç, «erim yöq, özim turaman», degan ayolning xonadoniga joylaşgan qizning hikoyasiga e’tibor bering:
«Bir xonali bölgani uçun kvartirada yonma-yon yotardik. Bir kuni keçqurun uyğonib ketdim. Ne köz bilan körayki, uç kişi bölib qolibmiz. Qörqqanimdan baqirib yubordim. «Nega baqirasan?! Bu — mening erim. Ba’zida kelib tunab qoladi. Senga zarari tegmaydi», dedi uy bekasi. Yaxşiyamki, xolamning öğli Toşkentda öqiydi. Qönğiroq qildim, kelib olib ketdi», — deb öz boşidan ötganini aytib berdi Marjona Turğunboyeva.
Dugonalari bilan kvartira izlab, topa olmagaç, bir yoş oilaning yonida ijaraga turişga majbur bölgan Hulkar Murtazoyeva esa şunday hikoya qiladi:
«Biz kunduzi uyda bölmasdik. Uy bekasining turmuş örtoği tunda işga ketardi. Şu bois unçalik qiynalmadik. Bir oy turganimizdan söng turmuş örtoğining iş jadvali özgardi va biz kvartiradan çiqişga majbur böldik. Yana joy izla, köç-köroning bilan köç deganlaridek...»
Köça-köyda va ijtimoiy tarmoqlarda «yoş oila şeriklikka qizlarni ijaraga qöyadi», hamda «xozyaykali uylarga kvartiraga joylaymiz», kabi e’lonlar köpaymoqda.











