Birlaşgan Arab Amirligining Wizz Air Abu Dhabi aviakompaniyasi rasmiy saytida 2022 yil 13 dekabrdan boşlab Abu-Dabi—Samarqand yönalişida yölovçilarni taşiy boşlaşini e’lon qildi.
Wizzair.com saytida Abu-Dabi—Samarqand yönalişida parvozlar haftada ikki marta — seşanba va şanba kunlari amalga oşirilişi ma’lum qilingan.
Uçiş jadvali mahalliy vaqt bilan:
— Abu-Dabidan uçiş vaqti 6:30 da, Samarqandga 10:45 da qönadi;
— Samarqanddan uçiş vaqti 11:20 da, Abu-Dabiga 13:55 da qönadi.
Çiptalar narxi 149 dirham (40 dollar yoki Markaziy bankning ayni damdagi kursi böyiça 443 ming söm) dan boşlanadi. Bu narx hozirça faqat BAAdan Özbekistonga keladigan sayyohlar uçun ekani aytilmoqda.
«Markaziy Osiyo Wizz Air Abu Dhabi aviakompaniyasi uçun asosiy rivojlanayotgan bozor hisoblanadi. Biz uşbu tarixiy regionga öz parvozlarimizni kengaytirişda davom etamiz. Samarqandga taşkil etilayotgan yangi qatnov Airbus A321 neo samolyotlarida amalga oşiriladi. Samarqand madaniyatlar çorrahasida joylaşgan, har bir kişi borib körişi kerak bölgan qadimiy şahar hisoblanadi», deydi aviakompaniya boşqaruv direktori Maykl Berlius.
Aviakompaniya saytlarida dastlabki parvoz uçun çiptalar bir tomonga uçiş uçun 90 dollardan taklif etilmoqda. Agar çiptalar keyinroqqa olinsa, uning sanasiga qarab 60 va 40 dollargaça pasayib boradi.
Ma’lumot uçun, 2022 yil 1 oktyabrdan e’tiboran Samarqand xalqaro aeroportida «Oçiq osmon» rejimi joriy etildi.
«Oçiq osmon» rejimi Samarqand xalqaro aeroportining texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq xorijiy aviakompaniyalar uçun reyslar va yönalişlar böyiça çeklovlar bekor qilinişini anglatadi.
Endilikda xorijiy aviakompaniyalar havo qatnovi töğrisidagi hukumatlararo bitim mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar Samarqand xalqaro aeroportiga aviaqatnovlarni amalga oşira oladi.












