Birlaşgan millatlar taşkiloti Boş assambleyasi 12 oktyabr, çorşanba kuni Rossiyaning Ukraina törtta hududini annexia qilganini qoralovçi rezolyutsiyani köpçilik ovoz bilan qabul qildi. «Ukrainaning hududiy yaxlitligi. BMT nizomi tamoyillarini himoya qiliş» hujjati özini özi mustaqil deb e’lon qilgan «DXR», «LXR», şuningdek, Rossiya tomonidan bosib olingan Zaporijjya va Xerson oblastlari hududlarida ötkazilgan «referendumlar»ni tan olmaydi. Ta’kidlanişiça, soxta referendumlar yuridik kuçga ega emas va bu hududlarning maqomini özgartiriş, jumladan, Rossiyaga qöşib oliş uçun asos böla olmaydi.
Rezolyutsiyani 143 davlat vakillari qöllab-quvvatladi, 35 tasi betaraf qoldi. Yana beş davlat – Rossiya, Belarus, Suriya, Şimoliy Koreya va Nikaragua bunga qarşi çiqdi.

BMT Boş assambleyasining navbatdan taşqari yiğilişi Ukraina va Albaniya taşabbusi bilan bölib ötdi. 30 sentabr kuni BMT Xavfsizlik kengaşi Rossiya veto qöygani sababli Rossiyaning Ukraina törtta oblastini annexia qilganini qoralovçi rezolyutsiyani qabul qila olmadi.
Rossiya BMT Xavfsizlik kengaşining 15 a’zosi içida uşbu hujjatga qarşi ovoz bergan yagona davlat böldi. Kengaşning 10 a’zosi rezolyutsiyani qöllab-quvvatladi, qolgan törttasi – Xitoy, Hindiston, Braziliya va Gabon betaraf qoldi.
Avvalroq Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok BMT Boş assambleyasini Rossiyaning Ukraina qator hududlarini annexia qilişini qoralaşga çaqirgan edi. Uning fikriça, rezolyutsiya Rossiyaga uşbu mintaqalar hali ham Ukrainaga tegişli ekanligini aniq körsatişi kerak. Hujjat, şuningdek, heç kim heç qanday davlat suverenitetini, ayniqsa zöravonlik orqali şubha ostiga qöyişga haqli emasligini ta’kidlaşi kerak, dedi Berbok.













