Kun.uz Namangan şahrida fuqaroning yaşaş xonadoniga taqab metan-stansiya qurilayotgani haqida suriştiruv e’lon qilgan edi. Navbatdagi maqolamiz uning mantiqiy davomi bölib, unda loyihaning qonunlarga qançalik mosligi va viloyat hokimining qudasi bölgan tadbirkorga boğliqligi haqida söz yuritamiz.

Oldinga ötib aytiş mumkinki, bu material ham Namangan viloyati kattalarining himoyasini “kafillikka olgan” trollar va “advokat” blogerlarga ança iş bölişi aniq. Bu gal metan stansiyasining qurilişi me’yorlarga mos kelmayotgani, şu bois ham undagi qurilish işlari töxtatib qöyilgani haqida söz yuritamiz. Şuningdek, bu stansiyaning viloyatdagi köplab AGTKSlar egasi bölgan, viloyat hokimi Şavkat Abdurazzoqovning qudasi Qudrat Abdullayevga qay darajada aloqador ekaniga fakt va dalillar bilan töxtalamiz.

Dastlabki maqoladan söng Kun.uz muxbirlari masalaga daxldor taşkilotlar taklifi bilan AGTKS qurilişi uçun qanday asosga köra ruxsat berilgani haqida aniqroq ma’lumot oliş uçun yana Namanganda böldi.

Suriştiruv davomida “SD SERVIS CENTER” MÇJ (metan-şoxobçaga egalik qiluvçi korxona) yuristi Lazizxöja Turğunov qurilayotgan avtomobillarni gaz bilan töldiriş kompressor stansiyasining tegişli uskunalari me’yoriy hujjatlarga, şaharsozlik norma-qoidalariga asosan “ma’lum talablar böyiça örnatilganida” aholi turar joyidan 25 metr uzoqlikda bölişi kerakligini bildirdi.

Bundan taşqari “SD SERVIS CENTER” MÇJ yuristi va mutasaddilari mazkur obektga Qudratboy Abdullayevning umuman aloqasi yöqligini zör berib isbotlaşga urindilar.

Biroq mazkur stansiyada aholi xonadoni va akkumulyator bloklari örtasidagi masofa bor-yöği 22 metrni taşkil qilmoqda. Bir narsa aniq: mutasaddilar har doimgidek muammoni joyiga borib örganmasdan xulosa berişgan.