Toşkent şahar havosi yana keskin ifloslandi. 12 oktyabr kuni Özbekiston poytaxti havosi eng ifloslangan şaharlar qatoridan örin oldi. Bu haqda gidrometeorologik tadqiqotlar muallifi Erkin Abdulahadov öz kanalida yozmoqda.
«Havoda mayda PM-2,5 dispers zarraçasining me’yoriy qiymatlaridan ortişi havoning sifat darajasi «qoniqarsiz» bölişini ta’minladi. Mazkur körsatkiç bilan poytaxt Toşkent soat 18:00 da dunyoning yirik şaharlari orasida havoning ifloslanişi böyiça 8-örinda qayd etildi», deyiladi postda.
Qayd etilişiça, 12 oktyabr 18:00 holatiga köra Qozoğiston poytaxti Ostona havosi eng ifloslangan şahar bölgan. Şuningdek, Xitoyning Çengdu, Pekin, Uhan, Pokistonning Lahor, BAAning Dubay, Hindistonning Dehli şaharlarida havo keskin ifloslanişi qayd etilgan.












