Uning sözlariga köra, 300 ming kişidan 222 ming nafari safarbar qilingan. «Bu iş hozirgi paytda yakunlanmoqda. Taxminan ikki hafta içida barça safarbarlik tadbirlari yakunlanadi deb öylayman», - deya Putinning sözlaridan iqtibos keltirgan TASS axborot agentligi.
Bundan oldin 14 oktyabr kuni ertalab Rossiya poytaxti va Sankt-Peterburgda erkaklar «hujjatlarni tekşiriş» uçun qölga olinib, ularga harbiy xizmatga çaqiruv qoğozi topşirilayotgani xabar berilgandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 sentabr kuni «qisman safarbarlik» e’lon qilib, «ayrim toifadagi fuqarolar»dan 300 ming kişini çaqiriqqa jalb qilişga va’da berdi. Aslida, safarbarlik ommaviy bölib çiqdi va köplab qonunbuzarliklar bilan amalga oşirilmoqda. Köp odamlar undan qoçişga harakat qilişyapti.
Jurnalistlarning ma’lumotlariga köra, dastlabki ikki haftaning özida 53 ta mintaqadan 200 mingdan ortiq kişi frontga jönatilgan. Rossiya hukumati Ukrainada safarbar qilingan beş kişi allaqaçon halok bölganini tan oldi. Yiğin punktlarida 20 ga yaqin odam hayotdan köz yumdi.













