Boş vazir örinbosari, energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov tizim taşkilotlari va yoqilği-energetika sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş böyiça olib borilayotgan işlarning holati, mavjud muammolar va ularni hal etiş masalalari yuzasidan yiğiliş ötkazdi. 

Unda soha obektlarini 2022/2023-yillar kuz-qiş davriga töliq tayyorlaş, iste’molçilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlaş işlarining bugungi kundagi holati muhokama qilindi.  

Yiğilişda kuz-qiş davrida iste’molçilarga jami 30,6 mlrd kub metr tabiiy gaz yetkazib berilişi yuzasidan topşiriq berildi. Şundan 10,4 mlrd kub metr gaz aholiga va 20,2 mlrd kub metr gaz iqtisodiyot tarmoqlariga yetkaziladi. 

Aholi ehtiyojidan kelib çiqib, joriy yil yakuniga qadar 12,7 ming dona qöşimça maişiy gaz balloni yetkazib beriş lozimligi belgilandi. 

Şuningdek, olis va boriş qiyin bölgan qişloq, ovullarda kömir, suyultirilgan gaz zaxirasini yaratişda 168 mingdan ziyod xonadonga 10 693 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilişini ta’minlaş çoralari köriladi. 

15 sentabrdan boşlab bugungi kungaça aholi iste’molçilariga 144 ming tonna kömir yetkazib berilgan. Yil yakuniga qadar 882 ming tonna kömir yetkazib beriş böyiça körsatmalar berildi. 

Kuz-qiş davrida respublika iste’molçilariga jami 34 mlrd 918 mln kilovatt-soat (ötgan kuz-qiş mavsumiga nisbatan 2 mlrd 540 mln kilovatt-soatga köp) elektr energiyasi yetkazib berilişi yuzasidan topşiriq berildi. Mavsum davomida aholiga 10 mlrd 938 mln kilovatt-soat elektr energiyasi yetkazib beriladi. 

Şuningdek, energiya resurslari ta’minotini nazorat qiluvçi doimiy ştab faoliyati yölga qöyiladi.