Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining yetmiş birinçi sessiyasida “Toşkent şahrining köçalarida transport vositalarining yuqori tezligini soatiga 60 kilometrgaça çeklaş masalasini körib çiqiş töğrisida”gi qaror qabul qilindi.

Unga muvofiq, Kiçik halqa avtomobil yölidan markazga yönalgan barça köçalarda transport vositalarining yuqori tezligi soatiga 60 km.gaça çeklanadi.

Şu bilan birga, Alişer Navoiy şohköçasining Labzak köçasi va Şarof Raşidov şohköçasi oraliğidagi qismida, Maxtumquli köçasining Yahyo Ğulomov va Mirzo Uluğbek köçalari oraliğidagi qismida, Amir Temur şohköçasining KHAYdan Alişer Navoiy şohköçasi oraliğidagi qismida, Kiçik halqa avtomobil yölining Qatortol köçasi va Bunyodkor şohköçasi oraliğidagi qismida, Islom Karimov köçasining Anhor böyi köçasi va Şarof Raşidov şohköçasi oraliğidagi qismida, Taras Şevçenko köçasining Islom Karimov va Nukus köçalari oraliğidagi qismida, Bobur va Furqat köçasining Şota Rustaveli va Islom Karimov köçalari oraliğidagi qismida, Amir Temur xiyoboni aylanma yölida transport vositalarining harakat tezligi soatiga 50 km.gaça çeklanadi.

Foto: Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati

Davletov.uz telegram-kanali bordi-yu uşbu çora öz samarasini bersa, kelajakda şahardagi barça köçalarda tezlik pasaytirilişi haqida yozdi.

Eslatib ötamiz, xalq deputatlari poytaxt kengaşining 16 sentabrdagi sessiyasida Toşkent IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi poytaxtning ayrim köçalarida eng yuqori tezlikni 60 km/soat (hozir 70 km/soat)gaça çeklaşni taklif qilgan, ammo deputatlarning bir qismi bunga qarşi çiqqan, boşqalari esa bu çora samaradorligiga şubha bildirgandi. Natijada kengaş uşbu masalani körib çiqişni keyingi sessiyaga qoldirgandi.

Sessiyada iştirok etgan Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi boşliği örinbosari Şerzod Nosirov şu yilning sakkiz oyida Toşkentda 645 ta YTH sodir bölgani, buning natijasida qurbonlar soni ötgan yilning şu davriga nisbatan 720 nafardan 775 nafarga köpaygani, barça baxtsiz hodisalarning qariyb yarmi — 47,9 foizi tezlikni oşiriş tufayli sodir bölganini ta’kidlab, ölimga olib keladigan avariyalar sonini keskin kamaytiriş maqsadida Toşkentning ayrim köçalarida tezlikni kamaytirişni ma’qullaşni taklif qilgandi.