Hisob-kitoblarga köra, hozir dunyo miqyosida faol foydalanilayotgan velosipedlar soni 2 milliarddan oşadi. 2050 yilgaça bu raqam 5 milliarddan yuqori bölişi kutilmoqda.
Eng köp velosiped işqibozlari Niderlandiyada yaşaydi, u yerda aholining 99,1 foizi, ya’ni 16 mln 500 ming nafari şu transportdan foydalanadi. Daniyada esa 80,1 foiz, Germaniyada 75,8 foiz, Şvetsiyada 63,7 foiz aholi velosiped minadi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lumotiga köra, kuniga 30 daqiqa piyoda yuriş yoki 20 daqiqa velosiped haydaş ölim xavfini kamida 10 foizga kamaytiradi.
Şveytsariyaning Jyeneva şahrida joylaşgan YMCA nomli butunjahon yoşlar taşkiloti tadqiqotlariga köra, jismoniy faol turmuş tarziga ega, ayniqsa, velosport bilan şuğullanuvçi odamlar boşqalarga qaraganda 32 foiz soğlomroq böladi.
Velosipedçilar 46 foiz holatda yurak-qon tomir kasalligiga uçramaydi

Velosiped haydaş faol jismoniy maşğulot turi sanalgani uçun yurak faoliyati va qon aylanişini yaxşilaşga yordam beradi. 2017 yilda ötkazilgan tadqiqotga köra, işga velosipedda boradigan odamlarda yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlaniş ehtimoli 46 foizga, aynan şu kasallikdan öliş xavfi esa 52 foizga kam böladi.
Şuningdek, bu tadqiqot natijalaridan körinişiça, velosipedçilar orasida 2-toifa diabet hamda saraton bilan boğliq kasalliklar yuzaga kelişi ehtimoli 30 foizga pastdir.
Qolaversa, bu maşğulot yuqori qon bosimi kasalligi, ya’ni gipertoniyani davolaşda ham yordam beradi. Şu kasallik bilan oğrigan insonlar velosiped haydab, 3 oy davomida qon bosimini 4,3 foizga, 6 oydan keyin esa 11,8 foizga tuşirib olişlari mumkin.
Bundan taşqari, haftasiga har kuni 24-35 daqiqa velosiped haydaş öpkaning jismoniy holatini sezilarli darajada yaxşilaydi. Sönggi yillardagi pandemiyani hisobga olsak, öpkaning soğlom bölişi va uni turli kasalliklardan saqlaş muhim. Jismoniy faollik, xususan, velosiped haydaş immunitetni oşirib, SARS-COV-2 kabi infeksiyalardan himoya qilişi mumkin.
Velosipedda soatiga 300 kaloriya sarflaş mumkin

Albatta, ortiqça vazn bilan kuraşiş yoki uning doimiy balansini saqlaş uçun töğri ovqatlaniş va jismoniy faollik zarur.
JSSTning 2022 yilgi Yevropa mintaqaviy semizlik hisobotiga köra, kattalarning deyarli uçdan ikki qismi va har 3 boladan 1 nafari ortiqça vaznga ega. Afsuski, ayni vaqt bu muammo ham dolzarb bölib qolmoqda. Jismoniy harakatsizlik va semiriş 77 foiz holatda yuqumli bölmagan turli kasalliklarni orttirişga, 86 foiz holatda esa ölimga sabab bölyapti.
Bu muammoga ham velosiped yaxşi yeçim böla oladi. Boisi, unda yuriş organizmdagi metabolizm (moddalar almaşinuvi)ni tezlaştiradi, tanadagi yoğni kamaytirib, uning örnini muskul egallaşiga xizmat qiladi. Odamlar velosipedda tanasiga qarab soatiga örtaça 300 kaloriya sarflaşi mumkin. Agar tezlik oşirilsa, qisqa vaqt içida yanayam köproq kaloriya ketkaziş va yoğlarni tezroq “eritiş”ga ham erişiladi.
Jismoniy faollik ruhiy salomatlikka ijobiy ta’sir qiladi

2010 yillarda jismoniy harakat ruhiy salomatlikka qançalik ijobiy ta’sir qilişi muhokama markazida bölib kelgan. Şunga aniqlik kiritiş maqsadida 2011-2015 yillar davomida AQŞda 18 va undan kattaroq yoşdagi bir mln nafardan ortiq insonlarning salomatligi haqidagi ma’lumotlar tahlil qilingan. Unga köra, insonlarning ruhiy holati yoşi, jinsi, oilaviy şaroiti, daromadi va yana bir qator omillarga ham boğliq, ammo jismoniy harakati yuqori bölganlar boşqalarga qaraganda ança xotirjamroq bölişi aytilgan. Demak, umuman olganda, odamlarning ruhiy hayotida ham jismoniy tarbiya ahamiyatli hisoblanadi.
Depressiya va stressdan foriğ bölişni istaganlarga asosan velosipedda yuriş ham tavsiya etiladi. Boisi, toza havoda aylaniş, atrofga qaraş, tabiat gözalligidan bahramand böliş inson ruhini birmunça tinçlantiradi.
Çöntakka ham foyda

Velosiped avtomobilga qaraganda ança arzon transport vositasi hisoblanadi. Bugungi kunda velosiped yordamida nafaqat yaqin masofalarga kundalik yumuşlarni bajariş uçun, balki uzoq sayohatlarga ham boriş mumkin.
2011 yilda Viskonsin universiteti tomonidan ğarbdagi 11 ta şaharda ötkazilgan tadqiqotga köra, agar odamlar tört oy davomida qisqa (40 km dan kam bölgan) masofalarga ham velosipedda borişsa, yiliga 1 100 ta ölim holatining oldi olinib, 7 mlrd 300 mln dollardan ortiq soğliqni saqlaş xarajatlari tejaladi.
Ayni vaqtda nafaqat velosanoat, balki velosiped bilan boğliq kasblar ham rivojlanib bormoqda. Buni birgina Yevropa misolida ham oliş mumkin. Boisi, qit’ada bir yarim million nafardan ortiq odam aynan velosipedda yoki şu transport bilan boğliq faoliyat turlarida, misol uçun, velokurer, mobil velo kir yuvuvçi, velosipedda mebel taşuvçi bölib işlaydi. Bu orqali esa fuqarolar özini özi band qilib, daromad topiş hamda soliq tölab, mamlakat budjetiga ham foyda keltiriş imkoniyatiga ega.
Şu sababli Yevropa velosipedçilar federatsiyasi transport uçun ajratiladigan budjet mablağlarining 10 foizini yöl infratuzilmasiga ajratişi kerak, deb hisoblaydi. Boisi, bu bilan soğliqni saqlaş va yoqilği xarajatlarini tejaş, uglerod çiqindilarini kamaytiriş, qolaversa, velosanoatda iş örinlarini köpaytiriş va Yevropaga 205 mlrd dollar iqtisodiy foyda keltiriş mumkin.
Toşkent uçinçi dunyo şahriga aylanib qolmasligi şart

Hozirda havo ifloslanişi ham global muammolardan biri bölib turibdi. JSST ma’lumotlariga köra, bugungi kunda butun dunyo aholisining 99 foizi ifloslangan havodan nafas oladi, buning oqibatida esa har yili 7 mln nafar odam hayotni erta tark etadi.
Albatta, bu holat Özbekistonni ham çeklab ötgan emas. Kuni keça Toşkent yana dunyo böyiça havosi eng iflos şahar maqomini oldi. “Özgidromet”ga köra, bunda tabiiy sabablar (harorat inversiyasi) bilan birga, antropogen omillar ham röy öynagan: şaharda daraxtlar kesilib, yöllardagi tirbandliklar va qurilişlar köpayib boryapti.
Ifloslangan havoning salomatlikka ta’siri, insonlar buning uçun soğliklari va umrlari bilan tölov qilişlari – hammaga ma’lum, allaqaçon odamlar öz tanasida sezayotgan voqelikka aylanib ulgurdi. Şunday ekan, Toşkentda yaşillikni köpaytiriş, zamonaviy texnologiyalar orqali zavod-fabrikalarning havoni ifloslantirişini kamaytiriş kabi çoralar qatorida albatta şaharda avtomobillar sonini pasaytirişga ham e’tibor berilişi lozim.
Bu esa birinçi navbatda sifatli jamoat transporti tizimini yaratiş (ekologik toza elektrobuslar va tramvaylar hisobiga) va velosipeddan foydalanişni rağbatlantiriş uçun kardinal özgarişlarni taqozo qiladi.

Oxirgi yillarda Toşkentda veloyölaklar paydo böla boşlagani yaxşi albatta, lekin qurilayotgan yölaklarning sifati juda katta savol ostida. Qolaversa, velosipedçilarning xavfsizligi mutlaqo ta’minlanmagan – şahar markazidagi ayrim joylarni aytmaganda, qolgan joylarda velosipedda yuriş bilan odam öz hayotini katta xavf ostiga qöygan böladi.
Toşkent şahar hokimligining Kun.uz'ga bergan ma’lumotiga köra, hozirgi kunda Toşkentda 165,1 km velosiped yölaklari, 182,2 km piyodalar yölaklari barpo etilgan. 2022 yilda yana 63 km velosiped yölaklari va 120 km piyodalar yölaklarini taşkil etiş belgilangan.
Şahardagi yap-yangi veloyölaklardan nega odamlar foydalanmayotgani, ularni loyihalaştiriş va qurişdagi qöpol xatolar – alohida katta mavzu. Bu haqda keyingi maqolalarimizda söz yuritamiz.
Hozir esa şuni aytişni istardikki, Özbekistondagi şaharlarni quriş va rejalaştirişda insonlar hayoti va salomatligi eng birinçi öringa qöyilişi kerak. Soğlom şahar hayotini esa velosipedlarsiz tasavvur qilib bölmaydi.
Dilşoda Şomirzayeva,
jurnalist












