Quyoş tutilişi Islandiyada boşlanib, Arabiston dengizi hududida tugaydi. Qisman tutilişning eng katta fazasi (0,863) Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugida kuzatiladi. Unga yaqin bölgan eng katta şahar — Nijnevartovsk.  

Quyoş tutilişi kartasi (Wikipedia) 

Qisman tutiliş 89 ta mamlakatda kuzatiladi, şu jumladan, Özbekistonda ham. 

Toşkent şahrida Quyoş tutilişi soat 15:23 da boşlanib, maksimal faza 16:34 da kuzatiladi. Maksimal faza ölçami 0,75 ga teng böladi.   

Mutaxassislarga Quyoşning qisman tutilişini kuzatiş qiziq emas. Ularni Quyoşning töliq tutilişi köproq qiziqtiradi. Çunki unda Quyoş tojini kuzatiş imkoniyati paydo böladi. 

Quyoş tutilişini kuzatiş uçun maxsus himoya vositalaridan — qora közoynak, qoraytirilgan şişa va şunga öxşaş narsalardan foydalaniş lozim. Quyoşga himoya vositalarisiz qaraş köz salomatligi uçun xavfli hisoblanadi. 

Foto yoki videotasvirga oliş uçun maxsus filtrlardan foydalaniş darkor. 

Quyoş tutilişini tomoşa qiliş uçun teleskop yoki durbin kabi optik asboblardan foydalaniş maslahat berilmaydi, çunki bunda közga jiddiy zarar yetişi mumkin.