Ijtimoiy tarmoqlarda Farğona viloyati Oltiariq tumanidagi 13-sonli davlat maktabgaça ta’lim massasasining 20 nafardan ortiq tarbiyalanuvçisi ovqatdan zaharlanib, şifoxonaga yotqizilganiga doir xabarlar tarqaldi. Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati uşbu holat yuzasidan olib borilgan tezkor örganişlarga asoslanib, quyidagilarni ma’lum qiladi.
«Şu yil 21 oktyabr kuni soat 11:45 lar atrofida Oltiariq tumanidagi 13-sonli davlat maktabgaça ta’lim taşkilotining bir guruh tarbiyalanuvçilarida tana harorati kötarilişi oqibatida Povulğon oilaviy şifokor punktiga murojaat bölgan.
Suriştiruv davomida ma’lum bölişiça, mazkur boğçada bir kun avval «Hosiljon-mehrjon» bayrami ötkazilib, tadbir doirasida taşkil etilgan körgazmali stol dasturxoni qator qişloq xöjaligi mahsulotlari, jumladan, uzum, hurmo, olma, banan, tarvuz hamda turli qandolatlar bilan bezatilgan. Bolajonlar esa uşbu yeguliklardan tartibsiz ravişda iste’mol qilgan.
21 oktyabr kuni oilaviy şifokor punktiga bölgan murojaat asosida 8 nafar bemor tuman tibbiyot birlaşmasining yuqumli kasalliklar bölimiga yotqizilgan. Dastlabki tekşiruvlar natijasiga köra, ularda ovqatdan zaharlaniş belgilari kuzatilmagan.
Hozir uşbu bolajonlarning umumiy holati qoniqarli. Tegişli simtomatik davo muolajalaridan söng kiçkintoylardan 5 nafariga uyga javob berilgan», deyiladi xabarda.
Şuningdek, şifoxonaga yotqizilgan boğça tarbiyalanuvçilaridan olingan tibbiy tahlil namunalari laboratoriyaga yuborilgan. Holat yuzasidan mutaxassislar tomonidan tekşiruv-suriştiruv işlari davom ettirilmoqda.
Ayni paytda mazkur öğil-qizlar salomatligini Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Maktabgaça ta’lim vazirligi öz nazoratiga olgan.











