21 oktyabr kuni Iskandar Abdullayevning onasi falsafa va siyosiy fanlar doktori Gulsara Şermatova Facebook’dagi sahifasida öğli Iskandar Abdullayev Jahon bankidan 600 ming dollarlik grant yutib, mablağlarni ololmayotgani haqida post joyladi.
Unda aytilişiça, Iskandar Abdullayev 3 oy oldin biologik tadqiqotlarini ötkaziş, asbob-uskunalar sotib oliş va tadqiqot guruhini tuziş uçun Jahon bankining 600 ming dollarlik grantini yutib olgan. Biroq mablağlar hali yetib kelmagan.
Iskandar Abdullayev Yaponiyada fan nomzodi dissertatsiyasini himoya qilgan va AQŞ tadqiqot markazida işlab, tadqiqotlar ötkaziş uçun Özbekistonga kelgan.
Gulsara Şermatovaning yozişiça, Jahon banki Innovatsion rivojlaniş vazirligi bilan Özbekistonda yirik loyiha amalga oşiryapti. Bu loyihaning tarkibiy qismi sifatida turli sohalarga grantlar ajratilyapti. Bu grant Milliy Universitet qoşidagi guruhga ajratilgan.
“Şu bois bu iş bilan Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligining investitsiya va taşqi aloqalar bölimi şuğullanişi kerak. Tuşunişimça, Markaziy bankning tegişli bölimiga, vazirlik hujjatlarni tasdiqlab jönatişi kerak. Konvertatsiya qilinib, ilmiy muassasa hisobraqamiga ötkazilişi kerak. Ammo 2,5 oydan beri bu iş paysalga solinyapti. Bunday çözaverişsa, Jahon banki pulni qaytarib oladi. Investitsiyalar masalasi xalqaro siyosiy maydonga çiqadi. Bu muammolar Özbekistonning xalqaro reytingi bilan boğliq muammolar. Bunaqa hodisa bir-ikki marta takrorlansa, keyin Jahon banki Özbekistonga grant bermay qöyadi”, – deydi olimning onasi Kun.uz bilan suhbatda.
Post muallifi Oliy va örta ta’lim vazirligiga murojaat qilişgani, vazirlik ularda Moliya vazirligining grant mablağlaridan foydalaniş böyiça körsatmalari yöqligini bildirganini ham ma’lum qilgan. Moliya vazirligi esa buni Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi hal qilişini aytgan.
Kun.uz voqeaga oydinlik kiritiş maqsadida Oliy va örta ta’lim vazirligi bilan boğlandi. Vazirlikning ma’lum qilişiça, holat yuzasidan Jahon bankining Özbekistondagi vakillariga sörov yuborilgan.
“Aynan qayerda muammo bölgani aniq emas. Bu masala örganilyapti. Aniqlangandan keyin rasmiy sahifalarimizda e’lon qilamiz. Bunday grantlarning Özbekistonga kelişi, tadqiqot işlari olib borilişi vazirligimiz uçun ham foydali”, – deydi vazirlik matbuot xizmati vakili.
25 oktyabrda xabarga qöşilgan qöşimça ma’lumot: Mazkur xabar saytimizda e’lon qilinganidan söng, biofizik Iskandar Abdullayev tahririyat bilan boğlanib, Jahon banki grantini oliş masalasini Moliya vazirligi va Oliy va örta maxsus ta’lim vazirliklari hal qilib berganini ma’lum qildi.











