Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi «Özbekiston: Markaziy Osiyo böylab zamonlar oşa sayohat» nomli yangi hujjatli film taqdimotini ötkazdi. Film Fransiyaning Les Poissons Volans kinokompaniyasi, ARTE telekanali va Luvr muzeyi hamkorligida işlangan.
Film taqdimotiga fan va madaniyat arboblari, diplomatik korpus va xalqaro taşkilotlar vakillari taklif etildi. Fransiyaning Özbekistondagi elçisi Oreliya Buşez ham film borasidagi fikrlarini bildirib ötdi.
«Avvalambor, «Özbekiston, Markaziy Osiyo böylab zamonlar oşa sayohat» hujjatli filmi namoyişida sizlar bilan birga bölganimdan juda xursandman. Uşbu filmni tomoşa qilgandan söng, biz 2022 yil noyabr oyida Parijdagi Luvrda oçiladigan bölajak körgazmaning kölami haqida birinçi tasavvurga ega bölişimiz mumkin.
Ta’kidlaş joizki, mazkur tadbir mamlakatlarimiz örtasidagi ikki tomonlama munosabatlar taraqqiyoti körsatkiçidir. Bu Özbekiston va Fransiya örtasida yölga qöyilgan madaniy aloqalarning ajoyib namunasidir.
Mazkur film va körgazma orqali Fransiya jamoatçiligi Özbekistonning boy madaniy merosi bilan yaqindan tanişiş imkoniyatiga ega böladi. Mamlakatingiz fransuzlar uçun u qadar taniş emas, hozirgaça köpçilik bu Markaziy Osiyodagi eng köp aholiga ega mamlakat ekani, jadal rivojlanib borayotgani va juda hurmatga sazovor ekanligini biladi. Xalqimiz Samarqand, Buxoro kabi uluğ şaharlaringiz haqida köp eşitgan, ularni ziyorat qilişni, karvon yöllari ötgan joylarni öz közlari bilan körişni orzu qiladi. Şuningdek, ular xalqingiz şu kunga qadar saqlab kelgan barça madaniy meros xazinalarini kaşf qilişni orzu qiladilar.
Darvoqe, Samarqandga Fransiyadan kelayotgan sayyohlar sonining köpligi ham şu bilan boğliq, ularning soni kun sayin ortib bormoqda, masalan, yiliga 20 ming nafar fransuz sayyohlari mamlakatingizga taşrif buyuradi. Işonçim komilki, bu yil Luvr muzeyidagi körgazma şarofati bilan bu körsatkiç bundanda yuqori böladi.
Biz gapirayotgan körgazma Fransiya jamoatçiligiga Parij taşqarisiga çiqmasdan turib Özbekistonning boy madaniy merosi bilan tanişiş uçun imkoniyat yaratadi. Çunki u butun mamlakat böylab tanlangan 130 dan ortiq aşyo va buyumlarni öz içiga olgan. Bu eksponatlarning aksariyati mamlakatning turli muzeylarida saqlanadi va köplari arxeologik qazişmalar paytida topilgan. Aytiş joizki, fransuz arxeologlari Özbekiston hududida juda jadal işlamoqda. Ayniqsa, körgazma kuratori bölgan maşhur arxeolog janob Rokko Rante ular qatoridan joy olgan. Bu esa yana bir bor mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlik tobora kengayib borayotganidan dalolat beradi.
Luvrdagi körgazma bois köplab muzey mehmonlari Özbekistonni tanib borişmoqda, ularning soni yiliga 10 millionni taşkil etadi va bu nafaqat Fransiya va qöşni davlatlar aholisi. Luvrga taşrif buyuruvçilar butun dunyodan san’at ixlosmandlaridir!» deydi u.








