Prezident Şavkat Mirziyoyev 24 oktyabr kuni kuz-qiş mavsumida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarining barqaror işlaşini ta’minlaş böyiça yiğiliş ötkazdi.

Ma’lumki, joriy yil 23 sentabrda bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingan. Har bir viloyat, tuman va yönalişlar kesimida alohida reja-jadvallar va çora-tadbirlar işlab çiqilib, manbalari belgilangan.

Yiğilişda energetika vaziri va viloyat hokimlari şu borada bajarilgan işlar böyiça hisobot berdi.

Qayd etilganidek, aholini, avvalo, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlaş çoralari körilmoqda. Buning uçun IV çorakda 21 milliard kilovatt soat, kelgusi yil boşida qariyb 22 milliard kilovatt soat elektr işlab çiqariş rejalaştirilgan. Şuningdek, kuz-qiş mavsumida aholiga 10 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib berilişi belgilangan.

Davlat rahbari bu jarayonda isrofga yöl qöymaslik uçun gaz quduqlaridan iste’molçigaça bölgan tizimni töliq raqamlaştiriş böyiça körsatma berdi.

Tabiiy gaz tarmoğidan uzoqdagi qişloq va ovullar, ijtimoiy obektlarga suyultirilgan gaz va kömir yetkazib beriladi. Prezident qaysi hududga yana qöşimça zaxira kerak bölsa, ta’minlab berilişini ta’kidladi.

«Barça tarmoq va hudud rahbarlari bu masalada mas’uliyatini ikki karra oşirib, aholini rozi qilişi, heç bir murojaatni e’tiborsiz qoldirmasdan, tezkor hal etişi lozim», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Energetika vazirligiga aholining energiya manbalari bilan ta’minlanganlik holatini real vaqt tartibida muntazam nazorat qilib boriş topşirildi. Yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etişda «koll-markaz»lar va hududiy işçi guruhlar faoliyati muhim ekani qayd etildi.

Energiya manbalarini iqtisod qiliş masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Dunyoda energetika sohasida röy berayotgan muammolar mintaqamizga ham ta’sir körsatayotgani, bunday vaziyatda tejamkorlik dolzarb ekani qayd etildi. Şu bois barça muassasalarda energiya tejovçi texnologiyalar örnatiş, odamlarning bu borada daxldorligini oşiriş muhimligi ta’kidlandi.