Eronda davom etayotgan namoyişlar çoğida qölga olingan tört kişi ölim jazosiga hukm qilinişi mumkin. Ular Eron qonunçiligiga köra öta oğir jinoyat sifatida baholanadigan va ölim bilan jazolanişi mumkin bölgan «moxareb» – «Yaratganga qarşi uruş»da ayblanmoqda. Bu haqda Tehron boş prokurori Ali Solihiy 25 oktyabr, seşanba kuni xabar qildi.
Solihiyning Misan Online sud portali tomonidan keltirilgan sözlariga köra, tört «isyonçi» şuningdek, noqonuniy qurol olib yuriş, huquq-tartibot idoralari xodimlarini jarohatlaş, mamlakat xavfsizligiga putur yetkaziş, davlat mulkini yöq qiliş va öt qöyişda ayblanmoqda.
Eron poytaxtida jami 315 kişiga «mamlakat xavfsizligiga putur yetkaziş maqsadida yiğiliş va til biriktiriş», «hukumatga qarşi tarğibot olib boriş» hamda «jamoat tartibi va tinçligini buziş» ayblovlari qöyildi, dedi Solihiy. Eronning Alborz viloyati Boş prokuraturasi rahbari Husayn Fazeli-Xarikandi yana 200 ga yaqin namoyişçilarga nisbatan ayblov qöyilganini ma’lum qildi.
Erondagi ommaviy norozilik namoyişlari sentabr oyi örtalaridan beri tinmayapti. Bunga 22 yoşli kurd qiz Mahsa Aminiyning ölimi sabab bölgan. U 13 sentabr kuni Tehronda politsiya tomonidan hibsga olingan va bir neça kundan keyin vafot etgan. Politsiyaning ta’kidlaşiça, qiz bölimda özini yomon his qilgan, u yerdan kasalxonaga olib ketilgan va u yerda tez orada vafot etgan. Yaqinlarining sözlariga köra, ölimga hibsga oliş vaqtidagi kaltaklar sabab bölgan.
Eronning 100 ga yaqin şahrida norozilik namoyişlari davom etmoqda. Namoyişçilar dastlab Aminiyning ölimida aybdorlarning tergov qilinişi va jazolanişini talab qilgan bölsa, vaqt ötişi bilan şiorlar ijtimoiy-siyosiy şiorlarga, jumladan, rejimni özgartirişga çaqiriqlarga özgardi. Oktabr oyi örtalarida norozilik namoyişlariga neftçilar qöşildi.
Mamlakat hukumati norozilik namoyişlarini xorijdan uyuştirilgan deb ayovsiz bostirişda davom etmoqda. OAV xabarlariga köra, oktabr oyi örtalarida 1,5 mingga yaqin namoyişçi: ayollar harakati faollari, rassomlar, muxolifat siyosatçilari, sportçilar, talabalar hibsga olingan.
Namoyişlar çoğida, Erondagi Inson huquqlari taşkiloti, şuningdek, Human Righs Watch inson huquqlari taşkiloti ma’lumotlariga köra, 200 dan ortiq odam, jumladan, 23 bola halok bölgan.












