Sariosiyo tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda Şörçi va Uzun tumanlarida yaşovçi 3 nafar fuqaro ketayotgan “Lasetti” rusumli avtomaşina töxtatilib, közdan keçirilganda, muqaddam 2 nafari sudlangan uşbu şaxslar yonida 670 gr “gaşiş” moddasi borligi ma’lum böldi.

Şuningdek, uşbu modda Sariosiyo tumanida istiqomat qiluvçi, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq jinoyati uçun sudlangan şaxsdan 2800 AQŞ dollariga sotib olingani ma’lum bölib, u ham qölga olindi.

Tezkor tadbir ikkinçi bosqiçida Boysun tumanidagi “Darband” YPX maskanida Uzun tumanida yaşovçi 3 nafar şaxs ketayotgan “Nexia 2” rusumli avtotransport vositasi töxtatilib, közdan keçirildi. Avtomaşina salonida 9 kg 410 gr “gaşiş” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.

Tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida, tojikistonlik narkokurerlar tomonidan Uzun tumani hududiga ötkazilgan mazkur giyohvandlik vositasi aslida Samarqand viloyatida kutib turgan xaridorlarga yetkazilişi kerakligi ma’lum böldi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, Nurobod tumanida uşbu narkotik modda ma’lum bir qismini qabul qilib olgan vaqtda Samarqand va Andijon şaharlarida yaşovçi 3 nafar fuqaro ham uşlandi.

Denov tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroning yaşaş xonadonida 964 gr “gaşiş” moddasi borligi aniqlanib, u ham örnatilgan tartibda rasmiylaştirib olindi.

Ötkazilgan tezkor tadbir davomida jami 11 nafar şaxs uşlanib, ulardan 11 kg 44 gr “gaşiş” moddasi musodara qilindi. 

Hozirda mazkur fuqarolarga nisbatan Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati böyiça boşqarmasi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.