Nima uçun yapon kompaniyasi ba’zi xodimlariga qöşimça 6 kun ta’til beradi?
|21:50 / 28.10.202220 30513 min
Bobur mazhablar örtasida nizo kelib çiqmasligi uçun Humoyunga qanday vasiyat qilgan? Nima uçun yahudiylar bolalariga skripka çalişni örgatadi? – “Zakovat” teleöyini kuzgi mavsumining birinçi öyinidan reportaj.
Foto: ZakovatFoto: Zakovat
Kuzgi mavsum öyinlarini qişki mavsum öyinlarida teleöyinni tark etgan Zafar Rahimov jamoasi boşlab berdi.
1-raundda Zahiriddin Muhammad Boburning öğli Humoyun Mirzoga qilgan vasiyati haqidagi savol öynaldi. Jamoa bir daqiqa davomida savolni muhokama qilgan bölsa-da, töğri javobga yetib bora olmadi. Hisob – 0:1.
2-raundda bilimdonlarga blits savollari tuşdi. Garçi jamoa blitsning birinçi savolini osonlik bilan topgan bölsa-da, ikkinçi savol ular uçun qiyinlik qildi. Hisob – 0:2.
Keyingi raund savoli Yusuf Misriy va uning safardan qaytgan dösti örtasidagi suhbat haqida böldi. Jamoa muhokamasida bir-biridan qiziq turli variantlar yangragan bölsa-da, oxirida ularning töğri javobga yetib bora olmagani ma’lum böldi. Hisob – 0:3.
Törtinçi raundda jamoa II jahon uruşi vaqtida Amsterdamni talon-toroj qilgan nemislar haqidagi savol bilan sinovdan ötkazildi. Afsuski, jamoa bu gal ham variantlar orasidan töğri javobni tanlaşda adaşdi. Hisob – 0-4.
Jamoa murakkab ahvolga tuşib qoldi. Hisob ham ança yirik köriniş oldi. Keyingi xatolar jamoaga qimmatga tuşişi mumkin edi. Öyin tizginini qölga oliş vaqti kelgandi.
5-raund savoli jamoaning öziga kelib olişiga yordam qildi – tajribali bilimdon Umid Valiyev Tokiodagi kompaniyaning qaysi toifa xodimlarga qöşimça 6 kun ta’til berişi haqidagi savolga muddatidan oldin javob berdi. Hisob – 1:4.
Navbatdagi raundda berilgan soyabonli svetoforlar haqidagi savolga ham jamoa javob topişga erişdi. Hisob yana qisqardi – 2:4.
Jamoa asta-sekin öziga kela boşlagandi hamki, 7-raundda tuşgan yahudiylarning bolalari nima uçun yoşlikdan skripka çalişga örgatilişi haqida savol ularni yana boşi berk köçaga tiqib qöydi. Hisob avvalgidek yirik köriniş oldi – 2:5.
Endi jamoaning xato qilişga haqqi yöq edi. Ança muddat ta’tildan keyin ekran öyinlarida qatnaşiş huquqini qölga kiritgan jamoaning ilk öyindayoq yirik hisobda mağlub bölişi keyingi mavsumlardagi iştirokni söroq ostiga qöyardi.
8-raund. Qahva işlab çiqaruvçi kompaniyaning Yaponiyada qahva sotiş uçun qöllagan hiylasi haqidagi savolga jamoaning eng yoş bilimdoni Suhrob Şaripov töğri javob berib, jamoani kuraşga qaytardi. Hisob – 3:5.
9-raund savoli ança murakkab bölib çiqdi. Xivada minora qurilişida işlagan ustalarning minora tepa qismini qurişda foydalangan havozalari haqidagi savolga javob beriş uçun jamoa klub yordamini ham, qöşimça bir daqiqani ham işlatişga majbur böldi. Oxirida qilingan harajatlar özini oqladi – tajribali Umid Valiyev ikkinçi bor töğri javob berib, hisobni 4:5 körinişiga keltirdi.
Mavzuga oid
Jamoa hisobni ança yaxşi körinişga keltirib oldi.
10-raundda Xurşid Döstmuhammadning “Bozor” romanidan parça töğrisida savol öynaldi. Aslida unçalik murakkab körinmagan bu savol oxir-oqibat ança falsafiy savol bölib çiqdi va bilimdonlarning közida paydo bölgan uçqunga suv sepgança, öyinning sönggi savoliga aylandi. Hisob – 4:6.
“Remontada” yuz bermadi. Kombek oxiriga yetmay qoldi. Kuzgi mavsumning birinçi öyini ana şunday hayajonli lahzalar bilan esda qoldi. Garçi, jamoa yakunda mağlub bölgan bölsa-da, ular 0:4 hisobidan çiqib ketişga va uni özlari uçun qulay körinişga keltirişga erişdi. Endi ularning mavsum öyinlarida qolişi yoki ekran öyinlarini tark etişi masalasi qolgan jamoalar natijalaridan keyin aniq böladi.
Öyin stenogrammasi bilan quyida tanişib çiqişingiz mumkin.
1️-raund. Savol muallifi — Sunnat Aliqulov, Zomin.
Boşlovçi: Zahiriddin Muhammad Boburning öğli Humoyun mirzoga qilgan vasiyatidan parça: Ey farzandim, Hindiston mamlakati turli mazhablardan ma’mur bölgan. Bu mazhablarning hammasi sizni birday yomon körib qoladi, agar u işni omma oldida qilsangiz. Hindistonning qalbini qölga kiritaman desangiz, bu işni aslo qilmang.
Diqqat savol: Bobur mirzo öğlini nima iş qilişdan tiyilişini söragan?
Javobni Jamşid Adilov beradi: Bizning fikrimizça, bu iş omma oldida ibodat qiliş.
Töğri javob: Hindistonda hamma uni "Ona" hisoblagani uçun Bobur mirzo öğlini sigirni söyişdan qaytargan.
Hisob: 0:1
Savol muallifi Sunnat Aliqulov 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
2-raund: Blits savollari.
1-savol muallifi — Azizxöja Bahodirxöjayev, Baxmal.
Boşlovçi: Marhamat, ekranga qaraymiz. 2009 yilda Hindistonda zarb qilingan hind tanga pullarining surati.
Diqqat savol: Nega tangalarda odam qöllari tasvirlangan?
Javobni Bobur Maksimov beradi: Bizning öylaşimizça, bu tangalar savodsizlar uçun.
Töğri javob: Hindiston aholisi yuzlab lahjalarda sözlaşadi. Buning ustiga katta qismi savodsiz. Mayda çaqalar qanday qiymatga ega ekanini bildiriş uçun mana şunday tangalardan foydalanilgan.
Jamoa töğri javob berdi.
Blitsning 2-savoli muallifi — Ğofurali Asqarov, Qibray tumani.
Boşlovçi: Marhamat, yana bir marta ekranga qarang. Temiryöldagi ötiş joyining surati. Qizil qalam bilan belgilab qöyilgan joyiga qarang. Bu yölovçilar ötişi uçun qilinmagan. Vokzaldagi nazoratçilar uçun qöyilgan.
Diqqat savol: Vokzaldagi yölakçaning asosiy vazifasi nima?
Javobni Suxrob Şaripov beradi: Mabodo qor yoğadigan bölsa, şu yölak balandligi orqali qorning balandligini bilib oliş mumkin.
Töğri javob: Agar ötib ketgan poyezddan nimadir osilib qolgan bölsa, yölakça ustida iz qoldiradi. Har poyezd ötgandan keyin nazoratçilar buni tekşirişadi. Nazoratçilar buni körib keyingi stansiyaga xabar berişadi va nosozlik bartaraf qilinadi.
Hisob: 0:2
Savol muallifi Ğofurali Asqarov, 2 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
3-raund. Savol muallifi: Abbos Yunusov, Toşkent şahri.
Boşlovçi: Jaloliddin Rumiyning "Içindagi içindadir" kitobida Yusuf Misriy uzoq safardan qaytgan döstidan hazillaşib: "Menga qanday sovğa olib keldingiz?" - deb sörabdi. Dösti esa: "Sening heç narsaga ehtiyojing yöqligini hamma biladi, ammo uzoq öylab sen muhtoj bölgan narsani topdim, zero, sen usiz bu dunyo gözalliklaridan töliq bahramand bölolmaysan, deb öyladim", - debdi.
Diqqat savol: U döstiga nima olib kelgan?
Javobni Zafar Rahimov beradi: Közoynak olib kelişgan.
Töğri javob: Közgu.
Hisob: 0:3
Savol muallifi Abbos Yunusov 3 million söm pul mukofotini qölga kiritdi!
4-raund. Savol muallifi: Pardavoy Umrzoqov, Sirdaryo, Oqoltin tumani.
Boşlovçi: Amsterdam aholisi boşqa davlatlar singari II jahon uruşidan köp aziyat çekkan. Nemislar şaharni rosa talon-toroj qilişgan va köp moddiy zarar yetkazişgan. Ammo şahardan olib çiqib ketilgan ulardan aholi ham moddiy ham ma’naviy zarar körişgan.
Diqqat savol: Nemislar Amsterdamdan nimalarni olib çiqib ketişgan?
Javobni Sardor Ahmedov beradi: Bizning fikrimizça, san’at asarlarini olib çiqib ketişgan.
Töğri javob: Ularning faxri bölgan velosipedlarini olib çiqib ketişgan.
Hisob: 0:4
Savol muallifi Pardavoy Umrzoqov 4 million söm pul mukofotini qölga kiritdi!
5-raund. Savol muallifi: Munira Ziyomuhammedova, Toşkent şahri.
Boşlovçi: Tokiodagi "Piala Ins" kompaniyasi ayrim xodimlariga qöşimça olti kun ta’til beriladi. Bu iş adolat qaror topişi uçun qilinadi.
Diqqat savol: Nima uçun olti kunlik ta’til beriladi?
Jamoa muddatidan oldin javob beradi.
Javobni Umid Valiyev beradi: Çekmaydigan insonlarga olti kunlik ta’til beriladi.
Jamoa töğri javob berdi.
Hisob: 1:4
Bilimdonlar jamoasi 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
6-raund. Savol muallifi: Abdurahmon Muhammedov, Andijon şahri.
Boşlovçi: Marhamat, ekranga qarang. Temiryöldagi svetoforlar surati. Svetoforlarga negadir uzun soyabonlar örnatişadi. Bu odat XX asrda paydo bölgan.
Diqqat savol: Poyezd svetoforlariga bunday uzun soyabonlar örnatiş qaçon boşlangan? Aniq sababi bilan ayting.
Javobni Sardor Ahmedov beradi: Soyabonlar judayam uzun. Agar yomğirdan himoya qilmoqçi bölganda kaltaroq qilsa ham bölardi. Ikkinçi jahon uruşida temiryöllarni samolyotlar bilan bombardimon qiliş rosa avjida bölgan. Buning uçun svetoforning çiroğiga qaraşgan. Şuning oldini oliş uçun qilingan.
Töğri javob: Ikkinçi jahon uruşi paytida bölgan bu temiryöllarni bombardimon qiliş rosa avj oladi. Temiryöllarni aniqlaşda svetofor çiroğidan foydalanişgan. Agar u tösilgan bölsa yoruği körinmagan.
Hisob: 2:4
Bilimdonlar jamoasi 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
7-raund. Savol muallifi: Adham Qöziboyev, Samarqand, Nurobod tumani.
Boşlovçi: Azaldan yahudiylar bolalariga skripka çalişni örgatişadi. Royal, violonçel, arfa kabi musiqa asboblarini çalişni juda yaxşi eplasa, boşqa musiqa asboblarini çalişni örganib olaversin. Ammo skripkani har bir yahudiy bolasi çalişni bilişi kerak, deyişadi.
Diqqat savol: Nima uçun aynan skripka çalişni örgatişgan?
Javobni Umid Valiyev beradi: Balki, skripka orqali yahudiylar öz farzandlarida tabiiy qobiliyatni erta rivojlantirişga harakat qilişgan.
Töğri javob: Ular skripka çalişni hunar deyişadi. Ya’ni skripka çaliş orqali köça-köyda kuy çalib, kunini körib ketadi, deb hisoblaşgan.
Hisob: 2:5
Savol muallifi Adham Qöziboyev 5 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
8-raund. Savol muallifi: Abdulvohid Ahmedov, Andijon şahri.
Boşlovçi: Yaponlarda qahva içişga könikiş uzoq muddat davom etgan. Çunki, ular çoyga sadoqatli bölgan. Qahvaning mazasini tuşunmagan ham, qabul ham qilmagan. Şunda bir maşhur qahva kompaniyasi uzoq yillik tajribani amalga oşirgan. Buning uçun kompaniya boğça va maktablarda öz tajribasini boşlaydi.
Diqqat savol: Kompaniya odamlarni qahvaga örgatiş uçun aynan nima iş qilgan?
Javobni Suxrob Şaripov beradi: Fikrimizça, kofe mazasini aholi örtasida ommalaştiriş uçun dastlab kofe ta’mini beruvçi saqiçlarni tekin tarqatişgan.
Töğri javob: Ayyor kompaniya xodimlari konfetlarni kofe ta’mi keladigan qilib, keng qamrovli sotuvi orqali millatga kofe ta’mini örgatişni maqsad qiladi.
Hisob: 3:5
Bilimdonlar jamoasi 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
9-raund. Savol muallifi: Umirbek Otajonov, Xorazm.
Boşlovçi: Xivada juda köp minoralar qurilgan. Ularni quriş, ayniqsa, tepa qismini qurişda maxsus havozalar yordam bergan.
Diqqat savol: Maxsus havozalar qanday körinişda bölgan?
Jamoa klub yordami va qöşimça vaqtdan foydalandi.
Javobni Umid Valiyev beradi: Atroflari yopilgan körinişda böladi. Tepa qismi oçiq böladi.
Töğri javob: Urğuni balandga berdim. Yuqorida işlasa, boş aylanişi va köz tinişi kuzatiladi. Agarda tepadan pastni körmasa, bu holat bölmaydi. Şuning uçun uning tepasini xuddi uyçadek qilib atroflarini örab qöyişadi-da, mana şuning ustiga çiqib işlaşadi. Usta na pastni, na yonni köra oladi. Faqat işlaydigan joyini körgan. Bu Xiva ustalarining usuli.
Hisob: 4:5
Bilimdonlar jamoasi 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
10-raund. Savol muallifi: Samandar Temirov, Nurobod tumani.
Boşlovçi: Xurşid Döstmuhammadning "Bozor" romanidan parça: U uzoqdagi narsa emas, har bir insonga çöntagidagi pullardan-da yaqin. Pul qölning kiri. Pulda vafo yöq. Unda esa vafo bor. U har qanday insonga hamnafas bölib yuroladi ammo bir marta oqibat körsatadi.
Diqqat savol: Asar nomidan kelib çiqib, u nimaligini toping.
Javobni Sardor Ahmedov beradi: Bu asar qaçongi bozorni tasvirlayotganligini bilmadik. Hozirgi bozormi yoki XIX asrdagimi. Pul yaqin bölsa u puldanam yaqin. Bir marta oqibat körsatadigan bölsa bu baraka.
Töğri javob: U haqiqatan ham vafodor, yurib yurib bir marta oqibat körsatadi. Özi hayotni bozorga öxşatişadi. Qöşiq ham bor. Dunyoga keldim bozorga bordim-u, mato oldim-u, uyga bordim-u, ketdim degan. Bu savolning javobi ölim edi. Aynan ölimni bozorga qiyos qilişda falsafiy ma’no bor.
Hisob: 4:6
Savol muallifi Samandar Temirov 6 million söm pul mukofotini qölga kiritdi!
Eng yaxşi savol muallifi - Umrbek Otajonov, Minoralarni qurişda işlatiladigan havozalar haqidagi savoli uçun qöşimça 5 mln söm pul mukofotini qölga kiritdi.
Öyinning eng faol bilimdoni - Umid Valiyev.
Umid Valiyev 5 mln söm pul mukofotini qölga kiritdi.