Loyiha bilan quyidagilarni belgilaş nazarda tutilmoqda:
- tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo çoralarini belgilaşga uç yillik moratoriy joriy etiş;
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş jarayonini murakkablaştirişni va tadbirkorlik sub’yektlariga yangi majburiyatlar yuklatişni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar ular rasman e’lon qilingan fursatdan boşlab, 6 oydan oldin bölmagan muddatda kuçga kiritiş;
- tadbirkorlik sub’yektlariga majburiyatlar yuklaydigan yangi qonunçilik hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni bajarmaganlik uçun ularga nisbatan 6 oy davomida javobgarlik çoralari qöllaş taqiqlanadi;
- savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buzganlik uçun belgilangan jinoiy javobgarlikni ma’muriy yurisdiksiyaga ötkaziş orqali bekor qiliş;
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş bilan boğliq qonunçilik talablariga rioya etmaganlik uçun belgilangan moliyaviy sanksiyalar miqdorlarini kamida 30 foizga kamaytiriş;
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş bilan boğliq holatlarda aniqlangan huquqbuzarliklar böyiça aybga iqror bölganda va uşbu huquqbuzarliklar sodir etganlik uçun javobgarlikka tortiş töğrisidagi qarori olingan kundan e’tiboran 15 kunlik muddatda moliyaviy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravişda tölanganda jarimani belgilangan miqdorga nisbatan ikki baravarga kamaytiriş;
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oşirişda birinçi marta huquqbuzarliklar sodir etgan mikro va kiçik tadbirkorlik sub’yektlariga moliyaviy sanksiya çoralarini qöllamaslik (bundan tergovga qadar va jinoyat işlari doirasida aniqlangan huquqbuzarliklar uçun qöllaniladigan jarimalar mustasno.)











