E-auksion saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, Toşkent şahri Mirobod tumani, Amir Temur şohköçasi, 4-uy manzilida joylaşgan davlat obekti 66 527 528 716.00 (66,5 mlrd) sömlik boşlanğiç narxda auksionga çiqarilgan. Bunda, zakalat miqdori 3 326 376 435.80 (3,3 mlrd) sömni, birinçi qadam bahosi 3 326 376 435.80 (3,3 mlrd) sömni taşkil qiladi. Auksion savdosi oşirib boriş uslubida ötkazilişi aytilgan.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi Toşkent şahar hududiy boşqarmasining 15.04.2022 yildagi 29k-PO-sonli buyruği savdoga asos qilib olingan.
Davlat köçmas mulki obekti oldi-sotdi şartnomasi bayonnoma rasmiylaştirilganidan söng, 10 iş kunidan keçiktirmay sotuvçi, balansda saqlovçi va auksion savdolarining ğolib örtasida tuziladi. Agar auksion ğolibi 5 iş kuni içida operator xizmat haqiga yetarli mablağlarni tölamagan yoki oldi-sotdi şartnomasini imzolaşni rad etgan taqdirda, auksion salohiyatli ğolibi mavjud bölsa, unga operator xizmat haqida yetarli mablağlarni tölaş uçun 5 iş kunlik muddat beriladi. Agar salohiyatli ğolib mazkur mablağni tölamaganda yoxud mavjud bölmaganda, takroriy auksion savdolariga çiqariladi.
Hujjatda aytilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 dekabrdagi tegişli qarori davlat obektini xususiylaştiriş uçun asos qilib olingan.
Bino 2012 yilda qurilgan. Yer uçastkasining egallagan umumiy maydoni - 0.2644 gektar. Binolar va inşootlarning egallagan umumiy maydoni - 3666 kvadrat metr.
Auksion saytida kiritilişi lozim bölgan investitsiyalar miqdori, yaratiladigan iş joylari va investitsion majburiyatlarni bajariş muddati körsatilmagan.












