BBC’ning Janubiy Osiyo böyiça muxbiri Yogita Limayye xabar berişiça, duşanba tongiga kelib 141 kişining ölimi tasdiqlangan.
Politsiya hisoblariga köra, 170 kişi qutqarilgan, 15 kişi şifoxonaga yotqizilgan.
Qurbonlarning köpçiligi ta’til vaqtida hindlarning asosiy bayramlaridan biri Divalini nişonlaş uçun ota-onalari bilan kelgan bolalardir.
Morbi şahridagi Maçxu daryosi uzra ötgan köprik yarim yil davom etgan ta’mirlaş işlari yakunlanib, qayta oçilganidan bir neça kun ötgaç qulab tuşdi. Mahalliy rasmiylarga köra, köprik qulaşi vaqtida unda taxminan 500 kişi bölgan. Natijada köprik ilinib turgan troslar uzilib ketgan va odamlar daryoga qulagan.

Köprik qulagaç olingan kadrlarda önlab kişilar trosslar va konstruksiya qoldiqlariga osilib turganini köriş mumkin. Ayrimlar konstruksiya bölaklariga çiqib olib, sohilgaça suzib borişga uringan.
Osma köprik sayyohlar orasida maşhur edi. 230 metr uzunlikdagi qurilma XIX asrda Britaniya boşqaruvi vaqtida qurilgan.

Ayni vaqtda öz ona vatani Gujarot şahrida uç kunlik taşrif bilan bölib turgan Narendra Modi ştat boş vaziriga zudlik bilan qutqaruv amaliyoti uçun jamoalarni tayyorlaşni buyurgan.
Modi fojiadan çuqur qayğuda ekanini aytgan. U jabrlanuvçilarga va qurbonlarning yaqinlariga tovon puli tölab berilişini ma’lum qilgan.
Köprikdagi fojia Gujarotda yil oxiriga belgilangan saylovlar arafasida sodir böldi.
Modining hukmron partiyasining hozirgi vakolatlari 2023 yil fevralida yakunlanadi.












