Içki işlar vazirining «Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi ozodlikdan mahrum qiliş turidagi jazoni ijro etiş muassasalarining içki tartib-qoidalariga qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi buyruği loyihasi e’lon qilindi. Unga köra, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi ozodlikdan mahrum qiliş turidagi jazoni ijro etiş muassasalarining içki tartib-qoidalariga qöşimçalar kiritilmoqda.

Xususan, hujjat quyidagi mazmundagi 781-band bilan töldirilişi taklif qilinmoqda.

«JIEMlarda saqlanayotgan mahkumlar elektron davlat xizmatlari, şu jumladan notariat xizmatlaridan foydalanişi uçun JIEM ma’muriyati tomonidan alohida xona ajratiladi.

Mazkur xona veb-kamera hamda Jahon axborot internet tarmoğiga ulangan kompyuter texnikasi bilan jihozlanadi».

Mazkur qöşimçalar Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Oliy sudi bilan kelişilgan.

Içki işlar vazirligi buyruq loyiha qabul qilinişi zaruratini quyidagilar bilan izohlagan:

  • birinçidan, jazoni ijro etiş tizimi faoliyatini raqamlaştiriş, jazoni ijro etiş muassasalarida jazo muddatini ötayotgan şaxslarga elektron davlat xizmatlari, şu jumladan notariat xizmatlarini elektron şaklda körsatiş orqali, mahkumlar huquqlari ta’minlanişini xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarga bosqiçma-bosqiç muvofiqlaştiriş;
  • ikkinçidan, tizim faoliyatining oçiq hamda şaffofligini ta’minlaş orqali korrupsion omillarni bartaraf etiş;
  • uçinçidan, jazoni ijro etiş tizimini raqamlaştiriş, davlat axborot tizimlari va elektron xizmatlarni joriy etiş, davlat xizmatlari, şu jumladan notariat xizmatlarini elektron şaklda körsatiş tizimini jazoni ijro etiş muassasalariga joriy etiş orqali jazoni ijro etiş muassasalarida jazo muddatini ötayotgan şaxslarning huquqlari ta’minlanişi, xalqaro huquqni umume’tirof etilgan normalarga bosqiçma-bosqiç muvofiqlaştiriş böyiça qöşimça çoralar körişni davrning özi taqozo etmoqda.

Loyiha mualliflari ma’lum qilişiça, uni amalga oşiriş bilan boğliq barça xarajatlar Içki işlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etiş departamenti Markazlaştirilgan jamğarmasi mablağlari hisobidan qoplanadi.