“Prezidentimiz bejiz bu mavzuda “Ta’lim, ta’lim va yana ta’lim” deya ta’kidlaganlari, ta’limni boş masala qilib belgilaganlari yöq. Har bir vazir, har bir hokim ta’lim muammolariga nihoyatda jiddiy qaraşi zarur. Ammo hamma ham şunday qilyapti, deb bölmaydi. Mana misol: ötgan yili prezidentimiz taşabbusi bilan ixtisoslaştirilgan maktablar taşkil qiliş rejalaştirilgan. Uzoq muhokamalardan keyin bu jarayon amaldagi maktablar faoliyatiga ta’sir qilmagan holda yölga qöyilişi belgilangan.
Surxondaryo viloyati Şörçi tumanida esa işlab turgan maktab yopilib, bolalar 5-6 km naridagi maktabga ötkazilgan. Ota-onalar bolalar uzoqqa borişga qiynalişganidan söng bolalarini jönatmay qöya boşlaganlari ortidan öqituvçilar sobiq maktab direktori uyida uy maktabi oçişgan va dars berib kelişyapti.

Bu nima degan gap?! Inson qadri şumi? Toşkentda, yozda salqin, qişda issiq kabinetlarda ötirgan amaldorlar bolalari qişloqning loy yöllarida har kuni 10 kilometrlab yurişiga, aholi uylarida öqişiga rozi bölişarmidi? Yana uylarda ta’lim berayotgan öqituvçilarga maoş berilmayapti ekan. Öqituvçining nima aybi bor bu yerda?!” – savollar qöydi Sardor Umrzoqov.
Tadbirda iştirok etayotgan Xalq ta’limi vaziri, viloyat va tuman hokimlari çindan şunday holatga yöl qöyilganini tan olişdi.
“Yuzlab bolalar sarson bölib yursa-yu, hokimlik vakillari bunga befarq qarasa, şumi davlat rahbari bildirgan işonçga munosabat?! Demak, işiga mas’uliyatsizlik bilan qaragan tuman hokimi örinbosari va xalq ta’limi bölimi mudiri işdan olinsin va ularning faoliyatiga boş prokuratura huquqiy baho bersin. Tuman hokimi Baxtiyor Xudoyberganovga esa hayfsan berilsin. Agar zudlik bilan vaziyat özgarmasa, hokimiyat binosi böşatilib, bolalar şu binoda ta’lim olişadi. Men mutlaqo jiddiy aytyapman. Hokim uyida taşkil qilaversin işini.

Ayni paytda viloyatda bölib turgan boş prokuror örinbosari zudlik bilan Şörçiga yetib borib, maktab faoliyatini tiklaş işlarini şaxsan özi nazorat qilsin. Alohida topşiriq – iş ölda-jölda amalga oşirilmasin. Yangi binoning ta’mirini, issiqligini, yoruğligini, mebellarini, kerak bölsa hojatxonasini ham körib çiqinglar. Bolalarimizga ta’lim uçun normal şaroit ta’minlanişi şart!
Bu holat har bir viloyat, har bir tuman hokimligiga örnak bölsin. Ta’lim masalasi prezidentimizning har kunlik nazoratida ekanini unutmanglar. Xalq ta’limi vazirligi bilan birga komissiya tuzib, taşkil etilişi kerak bölgan 168 ta ixtisoslaştirilgan maktab xatlovdan ötkazilib, aniq axborot kiritinglar. Toki bunday holat qaytarilmasin”, – deya prezident administratsiyasi rahbari sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.








