Sobiq boş vazir partiyasi a’zolarining aytişiça, otişma oqibatida yana tört kişi halok bölgan.

AFP agentligi sobiq boş vazir yordamçisi Rauf Hasanga tayanib xabar berişiça, hujum qilganlardan biri otib öldirilgan. «Yana bir kişi politsiya tomonidan qölga olindi», deya qöşimça qilgan u. Uning sözlariga köra, öq olomon içidan turib uzilgan.

Partiyaning yana bir faoli Asad Umar Reuters muxbiriga avtomatik quroldan öt oçilganini aytgan. Dawn TV ma’lumotiga köra, Imron Xonning oyoğiga uç yoki törtta öq tekkan.

Mahalliy naşrlariga köra, 70 yoşli siyosatçi şifoxonaga yotqizilgan, uning holati şifokorlar tomonidan xavotirli deb baholanmayapti.

«Bu unga suiqasd edi, siyosiy qotillik sodir etişga uriniş böldi», degan Rauf Hasan.

Lahordan 375 kilometr masofadagi Islomobodga norozilik yurişi ötgan hafta juma kuni boşlangandi (bu yil davomida ikkinçisi). Butun aksiya davomida yuk maşinasi yuk konteynerini (öqdan zirh bilan himoyalangan) tortib kelayotgandi va har kuni Xon uning ustiga çiqib, avtokarvon yönalişidagi şahar va qişloqlarda yiğilgan aholi uçun nutq sözlardi.

Bu surat ham şu kunlarda olingan. Foto: EPA

Ötmişda taniqli kriket öyinçisi bölgan Imron Xon 2018 yilda mamlakat rahbarligiga kelgandi. 2022 yil aprelida esa parlament işonçsizlik votumi e’lon qilişi ortidan iste’foga çiqişga majbur böldi. Şundan buyon Xon muddatidan oldingi saylovlar ötkazilişi uçun kampaniya ötkazib kelmoqda - hozirgi hukumat hokimiyatga saylovlarsiz kelgan va bu hukumat saylov belgilanganidek 2023 yilda ötkazilişini ta’kidlamoqda.

Imron Xon Rossiya bilan munosabatlarni yaxşilaşga intilgan va 24 fevral kuni, Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqini boşlanganida Moskvaga taşrif bilan borgandi va prezident Vladimir Putin bilan rejalaştirilgan uçraşuvni bekor qilmagandi.

Kremlga moyil bölgan politologlar Pokistonni Rossiya Ğarb bilan qarama-qarşilik şaroitida şerik qidiradigan davlatlar qatoriga kiritgan.

Avgust oyida, bu vaqtga kelib Imron Xon allaqaçon iste’foga çiqqandi, Pokiston Ukraina uçun sovetlar davriga mansub 122 millimetrli artilleriya öq-dorilari yetkazib berayotgani haqida xabar paydo böldi. Snaryadlar yetkazib berilişida Britaniya harbiy-transport aviatsiyasi iştirok etgan; OAV ma’lumotiga köra, Buyuk Britaniya betaraf mamlakatlardan Ukraina ehtiyojlari uçun sovetlar davri namunasidagi qurollar va öq-dorilarni faol ravişda qidirgan.

2007 yilda Pokistonda siyosiy miting çoğida mamlakat sobiq boş vaziri Benazir Bxutto öldirilgandi.