Samarqand viloyatida 19 nafar profilaktika inspektori Içki işlar tizimidan haydaldi. Bu haqda viloyat IIB boşliği Rahmat Mamatov iştirokida viloyatda jamoat xavfsizligini ta’minlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş, şuningdek xodimlar örtasida xizmat intizomiga va qonunçilikka rioya etilişi böyiça ötkazilgan tanqidiy yiğilişda ma’lum qilingan.
Yiğilişda viloyatdagi barça tuman va şahar IIB boşqarma va bölimlarida işlovçi xodimlar bilan birga doimiy ravişda kamçilikka yöl qöyib kelayotgan xodimlarning ota-onalari videoselektor körinişida iştirok etgan.
Viloyat IIB boşliği intizomga va qonunçilikka rioya etmayotgan xodimlarni qattiq tanqid qilib, ularga sohada örin yöqligini aytgan. Şuningdek, profilaktika inspektorlari va boşqa xodimlar fuqarolar bilan muloqaot davomida xuşmuomala bölişi kerakligini ta’kidlagan.

Uning ma’lum qilişiça, joriy yilning ötgan davrida içki işlar organlari şa’niga putur yetkazib, fuqarolardan pul talab qilgan, sababsiz işga çiqmagan, xizmat vaqtida spirtli içimliklarni iste’mol qilgan 19 nafar profilaktika inspektori içki işlar organlari xizmatidan böşatilgan.
«Içki işlar xodimi fuqaroning xizmatkori. Xizmat intizomini buzma, fuqaro bilan xuşmuomala böl. Qölinga tuşgan arizani vaqtida qonun doirasida tekşir deb bir neça marta takrorlaganman. Qaçongaça bularga amal qilmagan xodimni keçiramiz. Bundan keyin bunday jazo bölmaydi, xodim tizimdan ketadi» degan R.Mamatov.








