Töqayev 2022 yil iyun oyida Konstitutsiyaga özgartiş va qöşimçalar kiritiş böyiça respublika referendumi natijasida qabul qilingan bir qator muhim qonunlarni ommaviy imzolaş marosimida iştirok etdi.

Qosim-Jömart Töqayevning fikriça, referendum natijalari hokimiyat tarmoqlari örtasidagi özaro hamkorlikning yangi modelini şakllantiriş, fuqarolarning davlat boşqaruvida iştirok etişiga keng yöl oçiş, inson huquq va erkinliklarini himoya qiliş kafolatlarini kuçaytiriş imkonini beradi.

Qonunlarda, xususan, prezidentning mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari va Sudyalar oliy kengaşiga nisbatan ayrim vakolatlarini qisqartiriş, parlament senatida «prezidentlik kvotasi» deb ataladigan miqdorni qisqartiriş, şuningdek, prezident vakolatlari davrida muayyan çeklovlarni joriy etiş közda tutilgan.

Hujjatda prezidentning siyosiy partiyalarga a’zo bölişini, uning yaqin qarindoşlari siyosiy lavozimlarda va kvazidavlat sektorida rahbarlik lavozimlarida işlaşini taqiqlovçi qoidalar bor.

Qosim-Jömart Töqayev ta’kidlaganidek, konstitutsiyaviy islohot mamlakat davlat tuzilmasi asoslarini mustahkamlaydi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirişga yöl oçadi, özaro hamjihatlik va milliy muloqotni mustahkamlaydi.