Uning sözlariga köra, Dniproning öng qirğoğidan jönab ketayotganda rus qöşinlari şahar pristanlariga qöyib qöyilgan kemalarni portlatib yuborgan, şu sababli 10 tonnadan ortiq yonilği-moylaş materiallari daryoga tuşib ketgan.
Bu Ramsar konvensiyasi bilan himoyalangan suv quşlarining yaşaş muhitini yöq qiliş bilan tahdid soladi.
Ukraina tomoni daryoni tezda tozalay olmaydi, çunki uning mutaxassislari Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarga kira olmayapti.
Yanuşeviçning sözlariga köra, harakatsizlik mintaqadagi suv-botqoq yerlarining önlab yillar davomida ifloslanişiga olib kelişi mumkin.
Bundan oldin BBC jurnalistlari sun’iy yöldoş tasvirlari va ijtimoiy tarmoqlardagi fotosuratlarni tahlil qilib, Rossiya Qurolli kuçlari harbiylari Mikolayivdagi suv ta’minotini ataylab işdan çiqargan degan xulosaga kelişgandi.
Mutaxassislar buni xalqaro gumanitar huquqning buzilişi, deb hisoblamoqda.













