Qibray tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş bölimi boşliği Tillavoy Abduvahobov zarang daraxtini ekiş va parvarişlaş haqida tavsiyalar berdi:

“Biz körib turgan daraxt klyon daraxti köçati, manzarali daraxt bölib, 5 yillik köçat. Buni hozir ekişdan oldin, yonidagi yon şoxlarini olib taşlaymiz, kökarişga buning kuçi yetmaydi. Şuning  uçun ham olib taşlaymiz. Bu daraxtning ildiziga qarab çuqurça qazib olamiz. Ya’ni çuqurçaning hajmi kamida bir 50 sm bölişi kerak, çuqurçani qazib olgandan keyin, daraxtning ildiziga qarab turib, ildiziniyam ortiqça şoxlarini kesib taşlaş ehtimoli böladi. Çuqurçaning tagini kengroq qilamiz. Çunki ildiz rivojlanişi uçun çuqurçaning tagi kengroq bölişi kerak. Bunday daraxt köçatlari asosan şahar köçalariga, yöl yoqalariga, xiyobonlarga, suv tanqisroq bölgan joylarga ekiladi. Suvga çidamli daraxt hisoblanadi.

Niholni möljallab köramiz. Agar ildizlari bunga töğri kelmasa, ildizlariniyam qisqartiriş mumkin. Daraxtimiz ildiz böğzi yer sathiga töğri kelişi kerak. Mana şunday holatda biz kömişimiz kerak. Mana hozirgi daraxt köçati ekiş vaqtimizda yomğir yoğyapti, albatta, köçat ekiş paytida yerdagi namlik katta foyda keltiradi. Yer  qança nam bölsa, daraxtning kökarişi şunça yaxşi böladi.

Tuproqni bosiş kerak, keyinçalik buni suğorişimiz uçun atrofini çuqurça qilişimiz kerak, quyilgan suvlarimiz çiqib ketmasligi uçun.

Nina bargli daraxtlar ekişda, albatta, uni komi bilan ekiladi. Çuqurçalar 60 sm, 70 smgaça böladi. Komi bilan ekilgan daraxtni komi buzilmaslik kerak. Komi degani, tagidagi tuproq. Nina bargli daraxtlarni iloji boriça sovuq kunlarda şu vigitatsiya davri tugaganidan keyin ekiş tavsiya etiladi. Nina bargli daraxtlarning yana bitta narsasiga ahamiyat berişimiz kerak, bularni öşa quyoşçiqar va quyoşbotar taraflariga, öşa quyoşbotar tarafiga daraxtni olingandan keyin biror mato boylanadi va olib ekilganda yana öşa tarafi quyoşbotar tarafga olib ekiladi.

Bu daraxtlarni issiq kunlarida xaftasiga bir marta suğoriş tavsiya etiladi. Kökaruvçanlik holatini saqlab qoladi. Yurtimizda 20 oktyabrdan1 dekabrga qadar “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida köçat ekiş oyligi boşlandi. Aziz yurtdoşlar, hammamiz birlaşib yurtimizni yaşil makonga aylantiraylik”.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi Ⓣ