Prezident Şavkat Mirziyoyev 1 aprel kuni “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida köçat ekiş tadbirida iştirok etib, Milliy dendrologiya boğini barpo etişga start berdi.

Davlat rahbari tadbirda nutq sözlar ekan, xalqimiz azaldan Navröz kunlarida, oilasida farzand tuğilganda tomorqasiga, maydon va xiyobonlarga, yöl çetlariga yaxşi niyat bilan köçat qadab, gul ekkanini ta’kidladi.

Ana şu ezgu qadriyatlar zamirida sönggi beş yildan buyon “Yaşil makon” umummilliy loyihasi amalga oşirilib, har yili 200 million tup köçat ekilmoqda.

Ötgan hafta prezident imzolagan yangi farmonga muvofiq, 2030 yilga qadar mamlakatda umumiy yaşillik darajasini 30 foizga, jon boşiga töğri keladigan yaşil hududlarni 10 kvadrat metrga yetkaziş böyiça marra belgilandi.

Şu maqsadda Surxondaryoda 10 ming gektarda “yaşil makon”, Sirdaryoda 84 kilometrli “yaşil devor” barpo etiladi. Qoraqalpoğistonda 1 million gektar, Navoiy va Buxoroda 300 ming gektardan, Xorazmda 85 ming gektar çöl hududida yangi örmonzorlar yaratiladi. Şuningdek, viloyat hokimlarining har biri kamida 100 gektar maydonda botanika va dendrologiya boğlari, 20 tadan soya-salqin sayr köçalari taşkil qilişga mas’ul böladi.

Ekologiya va aholi salomatligi eng dolzarb masalaga aylanib borayotgan hozirgi şaroitda hududga mos daraxt turlarini tanlaş va ekişda Xalqaro molekulyar allergologiya markazining tavsiyalari ham muhim ahamiyat kasb etişi qayd etildi.

Joriy yildan har bir hududda “yaşil” texnikumlar faoliyati yölga qöyilib, dual ta’lim asosida yiliga 10 ming nafar mutaxassis tayyorlaş boşlanadi. Botanika va dendrologiya boğlari uşbu texnikum öquvçilari uçun amaliyot bazasiga, ilmiy xodimlar uçun esa tadqiqot maydoniga aylanadi.

Prezident hududlarda yaşil boğlar yaratiş böyiça aholi va deputatlar iştirokini yanada kengaytirişni taklif qildi. Ilgari “Mening boğim” dasturi doirasida har bir loyihaga budjetdan 250 million sömgaça mablağ berilgan bölsa, endi bu miqdor 400 million sömga oşiriladi. Har bir yaşil boğ va jamoat parki uçun aholi özi tanlagan, yaşaş hududlariga yaqin va eng muhimi, suv ta’minoti mavjud joylardan 1 gektargaça yer ajratiladi. Bu yilgi mavsumdan Qonunçilik palatasining har bir deputatiga ham öz okrugida yaşil hudud va yaşil boğ yaratişi uçun 412 million sömdan mablağ beriladi.