Prezidentning “Yaşil makon” umumilliy loyihasi samaradorligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga asosan, “Yaşil bilet” tizimi joriy qilinadi. Bu tizim samolyot, poyezd, metro va taksi yönalişlarida marşrutning karbon izini (ta’sirini) aniqlaş va foydalanuvçilarga marşrutning tabiatga ta’sirini “yaşil bilet” sotib oliş orqali kompensatsiya qiliş imkonini beradi.

Şuningdek, işlab çiqariladigan, saqlanadigan, içki va taşqi bozorda realizatsiya qilinadigan mahsulotlar uçun işlab çiqariş, saqlaş va logistika jarayonlaridagi karbon izi hisoblanib, xaridorga mahsulotning atrof-muhitga ta’sirini ixtiyoriy ravişda kompensatsiya qiliş imkoniyati yaratiladi. “Yaşil bilet” oliş orqali tabiatga zarar kompensatsiyasidan tuşgan mablağlar faqat daraxt köçatlari ekiş va ularni parvarişlaş tadbirlariga yönaltiriladi.

Bundan taşqari, “Yaşil makon” umumilliy loyihasini amalga oşirişda öz hissasini qöşayotgan şaxslar rağbatlantiriladi. Jumladan, kamida 100 ta daraxt köçatlari ekkan şaxsga yoki daraxt ekiş uçun “Yaşil xayriya jamğarmasi” platformasiga kamida 10 million söm hadya qilgan şaxsga ekofaol fuqaro maqomi beriladi. Kamida mingta daraxt köçatlari ekilişini taşkil qilgan yoki “Yaşil xayriya jamğarmasi” platformasiga kamida 100 million söm hadya qilgan tadbirkorlik sub’yektlariga «Eko-hamkor» maqomi beriladi.

Bunda tadbirkorlik sub’yektlari uşbu maqomdan öz faoliyatini reklama qilişda foydalaniş huquqiga ega böladi. Ellik mingdan kam bölmagan daraxt köçatlari ekilişini ta’minlagan yoki “Yaşil xayriya jamğarmasi” platformasiga kamida 5 milliard söm hadya qilgan şaxslarga «Metsenat» unvoni beriladi. Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida kamida 5 ta “yaşil boğ” va “yaşil jamoat parki”ni öz hisobidan barpo qilgan şaxslarni “Kelajak bunyodkori” davlat mukofoti bilan taqdirlaş közda tutilgan.