Gamburgda politsiya san’at asarlarini tintuv qiliş çoğida rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonovning Dilbar yaxtasida avvalroq bölgan Mark Şagalning 30 ta suratini musodara qildi, deb xabar berdi 7 noyabr, duşanba kuni Süddeutsche Zeitung gazetasi. Unga nisbatan qöllanilgan sanksiyalar munosabati bilan Usmonov Germaniya rasmiylarini mamlakatdagi mol-mulki, jumladan, uşbu san’at asarlari haqida xabardor qilişga majbur bölgan, biroq, aftidan, u bunday qilmagan, deb yozadi gazeta.
Gazetaning yozişiça, musodara qilingan suratlarning umumiy qiymati bir neça million yevroni taşkil qiladi.
2021 yilda Gamburgdagi Bloom+Voss kemasozlik zavodida 156 metrlik haşamatli Dilbar yaxtasi kapital ta’mirdan çiqarildi. 2022 yil aprelida Germaniya hukumati Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolgan Alişer Usmonovning singlisi rasman uning egasi ekanligini aniqladi. Öşandan beri yaxta bloklab qöyilgan. 22 sentabr kuni Dilbar Gamburgni tark etdi va Bremen yaqinidagi Lemwerder kemasozlik zavodiga ötkazildi.
Qayd etilişiça, Germaniya rasmiylari kemaga oid suratlar haqida art maslahatçini xabardor qilgan, u esa katta hajmdagi hujjatlarni topşirgan.
2022 yil sentabr oyi oxirida Germaniya Federal jinoyat politsiyasi boşqarmasi xodimlari Bavariyadagi Tegernze köli yaqinidagi Rottax-Egern şaharçasidagi villani tintuv qilişdi, nemis rasmiylariga köra, Usmonov u yerga 2014 yildan buyon muntazam taşrif buyurib keladi. Rossiyalik tadbirkorga qarşi tergov, nemis OAV yozişiça, 500 million yevro miqdoridagi soliqlarni yaşiriş, pul yuviş va taşqi iqtisodiy aloqalarni tartibga soliş qonunçiligini buziş böyiça olib borilyapti.
Usmonov MDR va BR mediakompaniyalari söroviga javoban Germaniyada şaxsan özi heç qanday köçmas mulkka ega emasligi va özi vijdonan soliq tölovçi ekanligini aytdi. Uning sözlariga köra, körib çiqilayotgan binolar oilaviy trestlarga tegişli bölib, u trestlardan daromad oluvçilar qatoriga kirmaydi.
Dilbar yaxtasi rasmiy ravişda Kayman orollaridagi Navis Marine Limited kompaniyasiga tegişli bölib, u öz navbatida Şveytsariyadagi The Sister Trast nomli korxona boşqaruvida bölgan Pomerol Capital SA kompaniyasiga tegişli bölgan, u esa Kiprdagi kompaniyaning egasidir.












