Haus des Stiftens GmbH ijtimoiy korxonasi 1995 yil Myunxen şahrida taşkil etilgan bölib, uning faoliyati xayriya tadbirlari va bolalar jamğarmalarini boşqarişga yönaltirilgan.

Muloqot davomida Özbekiston fuqarolarini ijtimoiy, moddiy qöllab-quvvatlaş, vatandoşlarga soğliqni saqlaş sohasida kömaklaşiş doirasida gumanitar fondlar bilan muzokaralar olib boriş orqali Özbekiston-Germaniya tibbiyot jamğarmasini taşkil qiliş masalasi muhokama qilindi.

Muloqot çoğida Orif Ahmadaliyev Boş konsulxona kömagida Germaniyada özbekistonlik nogiron bolalar uçun insonparvarlik jamğarmasini taşkil etişni rejalaştirayotganini bildirdi.

Öz navbatida, Mixael Simon va Helena Blikenberger taşkil etilajak jamğarma huquqiy bazasini yaratiş, nizom va boşqa taşkiliy hujjatlarni tasdiqlaş, Germaniya rasmiy idoralarida qayddan ötkaziş böyiça fikr bildirdi.

Uçraşuv yakunida tomonlar xayriya jamğarmasini taşkil qiliş böyiça masalalarda hamkorlikni davom ettiriş böyiça kelişib oldi.