Tadbirda Özbekiston Taşqi işlar vazirligining Mintaqaviy taşkilotlar bilan hamkorlik boşqarmasi boşliği Rahmatilla Nurimbetov kölami va ahamiyati jihatdan muhim bölgan uşbu xalqaro tadbir kun tartibidagi masalalarga batafsil töxtaldi.

Sammit kun tartibidan savdo aloqalarini rivojlantiriş, transport, bojxona xizmatlariga doir jarayonlarni soddalaştiriş, qöşimça transport koridorlarini taşkil etiş bilan boğliq masalalar örin olgan. Qator hujjatlar, jumladan, transport sohasidagi boğliqlik böyiça hamda Taşkilot içki tuzilmasini  mukammallaştirişga oid hujjatlar imzolanişi kutilmoqda. Qabul qilinişi kutilayotgan Samarqand deklaratsiyasi sammit asosiy hujjati böladi.

Sammitning Özbekiston uçun yana bir muhim jihati - mamlakat forumda uşbu taşkilotga raislikni qabul qilib oladi. Bu Özbekistonning oçiq va pragmatik taşqi siyosatini yanada faol hamda samarali olib boriş uçun alohida ahamiyat kasb etadi.

Turkiy davlatlar taşkiloti tarkibini Özbekiston, Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston va Turkiya taşkil qiladi, Turkmaniston va Vengriya kuzatuvçi davlat maqomiga ega.