Turkiya politsiyasi Istanbul şahri markazidagi Istiqlol köçasida portlaş sodir etişda gumonlangan şaxsni qölga oldi. Bu haqda Turkiya içki işlar vaziri Sulaymon Soylu ma’lum qildi.
Vazirning aytişiça, Suriyadagi terrorçilik guruhi portlaşga aloqadorlikda gumonlanmoqda - OAV gap Kurdiston işçi partiyasi haqida ketayotganini taxmin qilgan.
«Tergovda terrorçilik hujumi izlari Suriyaga olib borayotgani va bunda Anqara tomonidan terrorçi sifatida tan olingan guruhlar iştirok etgani böyiça dalillar bor. Bizning ma’lumotlarga köra, terakt amalga oşiriş buyruği Kobanidan bölgan, hujum ijroçisi esa Suriyaning Afrin şahridan kelgan», — deya Soyluning sözlarini keltirgan TRT Haber telekanali.
Vazir jami 21 kişi, jumladan bomba örnatgan şaxs qölga olinganini ma’lum qilgan. «Yaqin vaqtlar içida bizga bu oğriqni keltirganlarga biz ortiği bilan qaytaramiz», — deya qöşimça qilgan Soylu.
Mamlakat vitse-prezidenti Fuat Öqtoy Turkiya hukumati 13 noyabr kuni Istanbulda röy bergan portlaş terakt sifatida baholayotganini ma’lum qilgan.
Teraktdan keyin Turkiya hukumati OAVga portlaş haqida yangiliklar, voqea joyidan kadrlar, portlaş sabablari va gumonlanuvçilar böyiça versiyalarni norasmiy manbalarga asoslangan holda tarqatişni taqiqlagan.
«Qabihona hujum»

ANADOLU AGENCY
Yakşanba kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Istanbul markazidagi Taqsim maydoni hududida olti kişi ölimiga va önlab kişilar jarohat olişiga sabab bölgan portlaşni qoralagandi.
«Davlatimizning tegişli bölinmalari uşbu qabihona hujum uçun aybdorlarni qidiriş ustida işlamoqda», dedi Erdöğan Turkiya telekanallari tomonidan jonli translatsiya qilingan matbuot anjumanida.
Portlaş sayyohlar va mahalliy aholi orasida maşhur bölgan Istiqlol köçasida sodir etildi. Turkiya vitse-prezidenti Fuat Öqtoy hujum ijroçisi ayol kişi ekanini aytgandi.

«Hujumni amalga oşirgan şaxs ayol kişi bölgan, u bombani portlatgan. Bu terrorçilik akti sodir etilganini körsatadi. Portlaş oqibatida olti kişi halok böldi. Yaralanganlar soni 81 nafarga yetdi», degan u.
Sönggi ma’lumotlarga köra, 81 kişidan 50 kişiga javob berilgan, beş kişi jonlantiriş bölimida, ularning ikki nafari oğir ahvolda qolmoqda.
Öqtoyning sözlariga köra, tört kişi voqea joyida halok bölgan, şifoxonada yana ikki kişining joni uzilgan. Turkiya Boş prokuraturasining 14 nafar tergovçisi, şuningdek sud tibbiyot ekspertlari tergov harakatlariga jalb etilgan.
«Buning ortida kim turgan bölmasin, mamlakat içkarisida yoki dunyoning istalgan burçagida bölsa ham biz ularga yetib boramiz. Bu odamlar Turkiyaga olib kelinadi, sudga tortiladi va jazolanadi», degan Öqtoy.
Terakt uçun javobgarlar haqida Erdöğan ham matbuot anjumani davomida töxtalgan. U ham keskin ohangda aybdorlar jazolanişiga va’da bergan.
«Röy bergan hodisa aybdorlari özlariga munosib jazoni olişadi. Terrorizm orqali Turkiyani va turk millatini egallaşga bölgan urinişlar bugun ham, ertaga ham öz maqsadiga erişa olmaydi», degan u.
Turkiya adliya vazirligi Istanbuldagi terakt doirasida 46 kişi qölga olinganini ma’lum qildi.
Turkiya içki işlar vazirligi AQŞ elçixonasining Istanbuldagi terakt böyiça ta’ziyanomasini qabul qilmasligini ma’lum qildi. Turkiya içki işlar vazirining sözlariga köra, hukumat bu terakt qayerdan turib muvofiqlaştirilgan bölişi mumkinligini biladi.
AQŞ manziliga qaratilgan bunday bayonot Qöşma Şatatlar Suriya şimolidagi kurd tuzilmalarini qöllaşi bilan boğliq. Istanbul politsiyasi terakt ijroçisi sifatida gumon qilinib qölga olingan Axlam Albaşir Suriyaning Afrin şahridan ekanini ma’lum qilgan.
Portlaş tafsilotlari
Istanbul gubernatori Ali Yerliqoya portlaş mahalliy vaqt bilan soat 16:20 da sodir etilganini ma’lum qilgandi.
Voqea joyiga zudlik bilan politsiya otryadlari, tez yordam maşinalari, öt öçiruvçilar va boşqa favqulodda xizmatlar yetib kelgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoyozuvlarda odamlar köplab restoran va dökonlar joylaşgan Istiqlol köçasi böylab çopib ketayotgani aks etgan.
Taqsim maydoni va Istiqlol köçasi Istanbulning sayyohlar orasida maşhur va doimiy ravişda odamlar bilan gavjum böladigan hududlari sanaladi.
Voqea joyida olingan videoroliklarda portlaş oqibatida yaralanib yoki gangib qolgan holda yerda ötirgan odamlar ham körinadi.
Roliklardan, şuningdek muxbirlarning xabarlaridan biliş mumkinki, portlaş ovozi uzoqlardan ham eşitilgan, portlaş joyida esa alanga kötarilgan.
Tasvirlarda şuningdek portlaş röy bergan joyda keng öra paydo bölgani, atrofida bir neça kişi jasadi yotgani körinadi.
Portlaş hududidagi barça odamlar evakuatsiya qilingan, voqea joy örab olingan.

Özbekiston tomoni munosabati
Özbekistonning Istanbuldagi Boş konsulxonasi Istanbuldagi portlaş oqibatida jabrlanganlar orasida Özbekiston fuqarolari mavjudligi haqida ma’lumot yöqligini ma’lum qildi.
Keyinroq portlaş oqibatida Özbekiston fuqarosi bölgan bloger, jamoatçilik faoli Islam Kaparzo ham jabrlangani ma’lum böldi. Bu haqda uning özi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirgan. «Ozgina jarohatlandim, lekin halokatli emas, hayotman», — degan u.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Beyöğli tumanidagi Istiqlol köçasida yuz bergan uşbu portlaş oqibatida köplab insonlar qurbon bölgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanga ta’ziya yölladi.
«Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari hamda yaqinlariga taskin-tasalli va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda soğayib ketişini tiladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Istiqlol köçasida avval ham 2015-2016 yillarda qator teraktlar amalga oşirilgan, bu hujumlarning barçasi uçun javobgarlikni IŞID guruhi zimmasiga olgan.
Istanbuldagi sönggi yirik terakt 2017 yil 1 yanvariga ötar keçasi sodir etilgan, öşanda Kalaşnikov avtomati bilan qurollangan şaxs Bosfor sohilidagi tungi klubga bostirib kirgan va u yerdagi kişilarni öqqa tutgandi. Hujum oqibatida 39 kişi halok bölib, 69 kişi yaralangandi.












