Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov G20 sammitida iştirok etiş uçun kelgan Indoneziyaning Bali orolidagi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda 14 noyabr, duşanba kuni mahalliy hokimiyat organlarining bir neçta vakillariga tayanib, AP agentligi xabar berdi.
Rossiya Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Lavrovning kasalxonaga yotqizilgani haqidagi xabarlarni rad etib, ularni «feyk xabar» deb atadi.
Bali gubernatori I Vayan Koster keyinroq Reuters agentligiga Sergey Lavrov allaqaçon kasalxonani tark etgani va uning salomatligi yaxşi ekanini aytdi.
Lavrov 13 noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning nomidan sammitda iştirok etiş uçun Baliga yetib keldi.












