Sloveniyada 13 noyabr, yakşanba kuni bölib ötgan prezidentlik saylovlarining ikkinçi bosqiçida söl markazçilar qaraşlariga amal qiluvçi partiyasiz nomzod, advokat Nataşa Pirs-Musar ğalaba qozondi. Saylov byulletenlarining 99,99 foizini qayta işlagandan söng u 53,86 foiz, uning raqibi, sobiq taşqi işlar vaziri, öng markazçi Sloveniya demokratik partiyasidan deputat Anjye Logar 46,14 foiz ovoz töpladi, deb xabar beradi Lyublyanadagi saylov komissiyasining rasmiy sayti.

Şunday qilib, 54 yoşli Pirs-Musar Sloveniyaning birinçi ayol prezidentiga aylanadi. 2004-2014 yillarda u OAV erkinligi masalalari böyiça ombudsman lavozimida işlagan. Advokat sifatida u şaxsiy hayotni himoya qiliş va ma’lumotlardan erkin foydalaniş bilan şuğullangan. Uning eng maşhur mijozi Donald Trampning rafiqasi Melaniya bölib, u 2016 yilda ruxsatisiz uning nomidan reklama maqsadida foydalangan sloveniyalik tabloid hamda Sloveniya va Xorvatiya kompaniyalariga qarşi işni olib borgan. Sud jarayoni Trampning ğalabasi bilan yakunlandi.

Ikkinçi turda saylovçilarning faolligi 1,7 millionga yaqin saylovçining 44,08 foizini taşkil etdi.

Birinçi turda nomzodlarning heç biri 50 foizdan ortiq ovoz töplay olmagan. 23 oktyabr kuni bölib ötgan birinçi tur natijalariga köra, öng qanot muxolifat nomzodi Logar taxminan 34 foiz, Pirs-Musar deyarli 27 foiz ovoz olgan. Uçinçi örinni Yevroparlament deputati, sotsial-demokratlar va «Ozodlik» harakatidan nomzod Milan Brglez egalladi, u 15,4 foiz ovoz töpladi. Saylovda yetti nafar nomzod iştirok etdi.

Yangi davlat rahbari 23 dekabrda, Sloveniyaning amaldagi prezidenti Borut Pahorning beş yillik vakolati tugaşi bilan öz lavozimiga kirişişi kerak. Sloveniya parlamentli respublika bölib, mamlakat prezidenti asosan vakillik funksiyalarini bajaradi.