16 oktabr kuni öğrilik ustida uşlanib, Qöqon şahrida joylaşgan, Farğona viloyat içki işlar boşqarmasi tasarrufidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga olib kelingan 15 yaşar ösmir 17 oktabr kuni şu muassasada vafot etgan, ammo bundan jamoatçilik noyabr boşiga kelibgina xabar topgandi.
Avvalroq ölim yuz bergan kunda navbatçilik qilgan 2 nafar içki işlar organi xodimi tarbiyalanuvçilarni nazoratsiz qoldirib, janjalning oldini olmagani uçun vazifasidan çetlatilgani hamda ularga nisbatan töplangan hujjatlar qonuniy çora köriş uçun viloyat prokuraturasiga taqdim qilingandi.
Özbekiston boş prokurorining matbuot kotibi Hayot Şamsuddinovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, bugungi kunda mazkur jinoyat işi doirasida 4 kişi qamoqqa olingan. Şundan ikki nafari yaqinda işdan böşatilgan içki işlar xodimlaridir. Mazkur xodimlar zimmasidagi vazifasiga sovuqqonlik bilan qarab, majburiyatlariga loqaydlik va vijdonsizlarça munosabatda bölgani tufayli 15 yaşar ösmirning ölimiga sababçi bölişda gumonlanmoqda.
Farğonalik bloger Olimjon Haydarovga köra, bola vafot etgan tunda navbatçilik qilgan xodimlardan biri Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markazi boşliğining qaynoğasi, şu bois mas’ullar işlarni “bosdi-bosdi” qiliş payida bölişgan.
Hayot Şamsuddinov Kun.uz muxbirining savoliga javoban IIB tizimida kim kimga qarindoşligi böyiça ma’lumotga ega emasligi va bu narsaning işga aloqasi yöqligini bildirdi.
Maş’um hodisa şov-şuv bölişi ortidan markaz xodimlariga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlangan edi.
Ma’lum bölişiça, Içki işlar vazirligi tomonidan ötkazilgan xizmat tekşiruvi yakuni böyiça Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markazi boşliği egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Şuningdek, xizmat faoliyatida yöl qöygan kamçiliklari uçun 3 nafar xodimga “hayfsan” berilgan. 4 nafar xodimning esa lavozimiga loyiq yoki noloyiqligini aniqlaş maqsadida navbatdan taşqari attestatsiyadan ötkazilişi belgilangan.
Eslatib ötamiz, savdo markazida 17 ming sömlik mahsulot olib pulini tölamay çiqib ketayotganda uşlanib, uçastkavoylarga topşirilgan 15 yaşar ösmir Buvayda tumani içki işlar bölimi boşliğining 16 oktyabrdagi qarori bilan Qöqon şahridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga joylaştirilgan.
Viloyat prokuraturasiga köra, markazga joylaştirilgan kunning ertasiga, ya’ni 17 oktyabrda yigitning soğliği yomonlaşib, huşidan ketgan. Şundan söng tez yordam xodimlari unga tibbiy yordam körsatib, şifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida marhumning ölimiga «boş miya kalla yopiq şikasti, miya qattiq parda ostiga qon quyilişi, boş miya moddasining lat yeyişi» sabab bölgani aytiladi.
Rasmiylar marhum markazdagi sakkiz nafar bola bilan sodir bölgan muştlaşuv oqibatida ölganini aytişmoqda. Biroq bolaning yaqinlari bunga işonişmayapti. Kun.uz suriştiruvi davomida yigitçaning ölimi ança vaqt uning yaqinlaridan sir tutilgani ma’lum bölgandi.










