Farg‘onada «o‘g‘irlik qilmoqchi bo‘lgani uchun» qamab qo‘yilgan 15 yoshli o‘smir IIB muassasasida vafot etdi

Foto: KUN.UZ
Farg‘ona viloyati prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda viloyatdagi IIB binosidan 15 yoshli o‘smirning murdasi chiqqani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi Sulton qishlog‘ida yashagan, 2007 yilda tug‘ilgan R.A. joriy yil 16 oktabr kuni Buvayda tumanidagi «Ansor» savdo majmuasida ota-onasining nazoratisiz yurgani va ushbu majmuada o‘g‘irlik qilmoqchi bo‘lganida IIB xodimlari tomonidan ushlangan. 15 yoshli yigit tuman IIB boshlig‘ining shu kungi qarori bilan Qo‘qon shahrida joylashgan viloyat IIB JXX HPB VEIHYoKMga joylashtirilgan.
Viloyat prokuraturasiga ko‘ra, markazga joylashtirilgan kunning ertasiga – 17 oktyabrda R.A.ning sog‘lig‘i yomonlashib, hushidan ketgan. Shundan so‘ng, tez yordam xodimlari unga tibbiy yordam ko‘rsatib, shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan. Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, marhumning o‘limiga «bosh miya kalla yopiq shikasti, miya qattiq parda ostiga qon quyilishi, bosh miya moddasining lat yeyishi» sabab bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan 18 oktyabr kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari davomida, jinoyatga bevosita aloqador ikki nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llangan. Shuningdek, viloyat IIB xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Mas’ullar voqea joyida bo‘lib turgan Kun.uz muxbiriga izoh berishdan qochmoqda.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bahorgi attestatsiyadan boshlab ayrim pedagoglarga 70 foizlik ustama to‘lanadi
O‘zbekiston | 15:41
-
«Bu muhim hafta bo‘ladi» - Rubio tinchlik muzokaralari haqida
Jahon | 15:23
-
O‘zbekistonda Boshqirdiston kompaniyalarini joylashtirish uchun qo‘shma texnopark tashkil etiladi
Iqtisodiyot | 15:10
-
Toshkentda gullar festivali munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi
Jamiyat | 14:59
Mavzuga oid

12:15
Farg‘onada 1 maydan ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshadi

19:52 / 24.04.2025
Farg‘onada 2 gektar yer maydonini 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

19:27 / 21.04.2025
Farg‘onadagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun borgan departament xodimi vafot etdi

10:37 / 11.04.2025