“Internet xizmatlari sifati va uzatiş tezligini ölçaş böyiça milliy axborot tizimini joriy qiliş töğrisida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Prezident qaroriga muvofiq xöjalik yurituvçi sub’yektlar tomonidan foydalanuvçilarga taqdim etilayotgan ma’lumotlar uzatiş tarmoqlarida internet xizmatlari sifati va uzatiş tezligini ölçaş böyiça vazifa belgilangan.

Axborotlaştiriş sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi va Axborot texnologiyalari vazirligining xöjalik yurituvçi sub’yektlar tomonidan foydalanuvçilarga taqdim etilayotgan “Internet xizmatlari sifati va uzatiş tezligini ölçaş - teznet.uz” milliy axborot tizimini joriy etiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.

Axborotlaştiriş sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi Axborot texnologiyalari vazirligi bilan birgalikda:

  • 2023 yil 1 fevralga qadar, ma’lumotlarni uzatiş, şu jumladan Internet xizmatlari sifati va uzatiş tezligini ölçaş böyiça xalqaro tajribani örganadi;
  • 2023 yil 10 iyulga qadar teznet.uz milliy axborot tizimi texnik hujjatlari işlab çiqilişini hamda belgilangan tartibda ekspertizadan ötkazilişini;
  • 2023 yil 1 sentabrga qadar teznet.uz milliy axborot tizimini dastlabki bosqiçda sinov tarzda işga tuşirilişini ta’minlaydi.

2023 yil 1 noyabrga qadar davlat standartlari hamda axborot va kiberxavfsizlik talablarini inobatga olgan holda, teznet.uz milliy axborot tizimi veb-servis va mobil ilovasi işlab çiqilişi va joriy etilişini ta’minlaydi.

Bunda:

  • teznet.uz milliy axborot tizimi veb-servis va mobil ilovasi oçiq manbalarda joylaştiriladi hamda tizim orqali internet tarmoğiga ulangan abonentlik qurilmalari yordamida internet xizmatlari sifati va uzatiş tezligini mustaqil ölçaş imkoniyati yaratiladi;
  • teznet.uz milliy axborot tizimi orqali amalga oşirilgan ölçov va tahlil natijalari, ma’lumotlarni uzatiş va mobil aloqa tarmoqlarida körsatiladigan internet xizmatlari sifati körsatkiçlarini baholaş uçun asos hisoblanadi;
  • respublika hududida faoliyat körsatayotgan operator va provayderlar tomonidan foydalanuvçilarga taqdim etilayotgan internet xizmatlari sifatini va uzatiş tezligini ölçaş işlari teznet.uz milliy axborot tizimi orqali amalga oşiriladi;
  • jamoatçilik nazorati kölamini kengaytiriş böyiça axborot tizimi veb-servis havolasini va mobil ilovasini oçiq manbalarda hamda internet xizmatlarini körsatuvçi kompaniyalar rasmiy saytlarida joylaştirilişini ta’minlaydi.