15 yillik tanaffusdan keyin «Paxtakor» stadionida özaro maydonga tuşgan qöşni mamlakat boş jamoalari örtasidagi uçraşuvda hisob vakillarimiz tomonidan oçildi. Hojimat Erkinov ajoyib zarbasi bilan hisobni oçdi – 1:0.

Birinçi bölimning sönggi daqiqasida esa Otabek Şukurovning uzatmasidan keyin Eldor Şomurodov raqib himoyaçilaridan mohirlik bilan qoçib, yakkama-yakka vaziyatda hisobdagi farqni ikkitaga oşirdi – 2:0.

Ikkinçi bölimda Katanets tarkibda bir qator özgarişlarga qöl urgan bölsa-da, öyin oxirigaça hisob özgarişsiz qoldi. Şu tariqa, Özbekiston 28 yillik an’anani davom ettirib, Qozoğiston milliy jamoasi ustidan navbatdagi ğalabasiga erişdi.

16 noyabr (çorşanba)
Örtoqlik öyini. Toşkent.
Özbekiston – Qozoğiston – 2:0
Boş hakam: Sergey Karasyov, Igor Demeşko, Maksim Gavrilin (barçasi Rossiya).
Gollar: Hojimat Erkinov 12, Eldor Şomurodov 45.
Özbekiston: 1.Ötkir Yusupov, 4.Farrux Sayfiyev, 5.Rustamjon Aşurmatov, 7.Otabek Şukurov, 8.Dilşod Saitov (13.Şerzod Nasrullayev, 70), 9.Odil Hamrobekov (Abdulla Abdullayev, 90+2), 14.Eldor Şomurodov (21.Igor Sergeyev, 84), 15.Umar Eşmurodov, 19.Azizbek Turğunboyev (11.Oston Örunov, 70), 20.Hojimat Erkinov (6.Sardor Sobirxöjayev, 70), 23.Husniddin Aliqulov.
Qozoğiston: 12.Igor Şatskiy, 2.Sergey Maliy, 3.Nurali Alip, 7.Aslan Darabayev (19.Baxtiyor Zaynutdinov, 46), 8.Asxat Tagibergen, 10.Elxan Astanov (5.Islambek Kuat, 80), 16.Mixail Gabişev (13.Bagdat Kairov, 73), 17.Abat Aymbetov (25.Aybar Jaksilikov, 73), 18.Timur Dosmagambetov (14.Dmitriy Şomko, 73), 20.Ramazan Orazov (9.Baurxan Islamxan, 68), 22.Aleksandr Maroçkin.